1-sinf Alifbe Sinfdoshlar matni dars ishlanma

1-sinf Alifbe Sinfdoshlar matni dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe Sinfdoshlar matni dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Dars sanasi: Sinf: 1- Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: Sinfdoshlar matni Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarning o'zaro bir-birlari bilan do'stona munosabatlarini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? Sa'va so'zi necha bo'g'inli? Tutuq belgisi qanday yoziladi? Ma'rifat, ma'naviyat so'zlarini bo'g'inlarga ajratib yozib bering Odob haqida maqollardan ayting Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o'qib takrorlanadi. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. Darslikdagi rasm asosida hikoya qilinadi. Sinfdosh, do'stlik haqida o'quvchilar bilan suhbat o'tkaziladi. Matn o'qitiladi. Sinfdoshlar Ma'ruf va Ra'no - sinfdosh. Ma'ruf musiqaga qiziqadi. U to'garakda o'zbek kuylarini o'rganadi. Ra'no qo'shiqni sevadi. U Vatan haqida kuylaydi. She'r ifodali o'qib beriladi. DO'STLIK Do'stlik - po'lat, Do'stlik - olov Do'stlik bilan yanchilar yov. Do'stlik - quyosh, Do'stlik bu nur. Do'sti ko'plar Qilar huzur. O'quvchilarga she'r o'qitiladi. She'r yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Dam olish daqiqasi. Maqol: Qush qanoti bilan, odam do'sti bilan. Do'stsiz boshim - tuzsiz oshim. Maqolning ma'nosi izohlanadi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar - Do'stlaringiz ko'p bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.23 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.23 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga