1-sinf Alifbe X tovushi va Xx harflarini mustahkamlash dars ishlanma

1-sinf Alifbe X tovushi va Xx harflarini mustahkamlash dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Alifbe X tovushi va Xx harflarini mustahkamlash dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Dars sanasi: Sinf 1- Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: X tovush va X x harflarini mustahkamlash. Xat yozdik biz akamga matni Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, X tovushi va X x harflari haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarning vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, Alifbe varag'iga moslab ishlangan ko'rgazmali qurol Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsimizda qaysi tovushni o'rgangan edingiz? xabar so'zi necha bo'g'inli? x tovushini cho'zib aytib bo'ladimi? Xulq, Jizzax so'zlarini bo'g'inlarga ajratib yozib bering Odob haqida maqollardan ayting Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o'qib takrorlanadi. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. Darslikda berilgan rasmga o'quvchilar diqqati qaraladi. X tovushining hosil bo'lish o'rni va undosh tovush ekanligi eslatiladi. O'rganilgan x tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o'quvchilarga yozib ko'rsatiladi. X harfi bilan boshlanadigan so'zlardan aytiladi. x tovushi talaffuz qildiriladi. Matn ifodali o'qib beriladi. Ma'nosi tushuntirib beriladi: XAT Xurshidning akasi harbiy xizmatda. U Vatanimiz chegarasini qo'riqlaydi. Xurshid akasiga xat yozdi: Assalomu alaykum, Xoliq aka! Sog'-salomat yuribsizmi? Sizga ota-onamdan alangali salom. Hamisha sog' bo'ling. Ukangiz Xurshid. O'quvchilar ham matnni o'qiydilar. Matn yuzasidan suhbat o'tkaziladi. - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 247 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:19 Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 247 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, doc
Tepaga