1-sinf O'qish fanidan Kitobni asrang dars ishlanmasi

1-sinf O'qish fanidan Kitobni asrang dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf O'qish fanidan Kitobni asrang dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: O'qish Dars mavzusi: Kitobni asrang. Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga tabiatni asrash, avaylash unga mehr-mubabbatini uyg'otish, va milliy urf-odatlarimizni o'rgatish, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylashga o'rgatish rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rangli rasmlar, ko'rgazma, kesma harflar, darslik, tarqatma materiallar Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'lishlari shart. I.A. Karimov Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: - Maktab - oftob she'rini kim yozgan? - Siz qaysi maktabda ta'lim olyapsiz? - Maktabda nimalarni o'rgandingiz? - Maktabga kelishni yoqtirasizmi? - Maktab dargohiga kelishingizdan maqsadingiz nima? Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. Matn ifodali o'qib beriladi. Kitobni asrang Kitob qadim- zamondan e'zozlangan. Kitob - xazina, bilim - boylik. Kitob ko'p yillar avval paydo bo'lgan. Bu davrlarda u turli ko'rinishda bo'lgan. Kitob avval loydan tayyorlangan. Keyinchalik hayvon terilariga, ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozib kitob tayyorlaganlar. So'ngroq ipak matolardan, qog'ozdan kitob tayyorlashda foydalanishgan. Kitoblarning hajmi, shakli turlicha bo'lgan. Balandligi bir yarim metrdan oshadigan kitoblar ham yaratilgan. Uni bir kishi ko'tara olmagan. Shuningdek, mitti kitoblar ham bo'lib, ayrimlari gugurt qutisidek, hatto undan ham ixchamlari uchraydi. Yildan yilga asta-sekin kitob bosish ishlari takomillashib borgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 344.54 KB
Ko'rishlar soni 418 marta
Ko'chirishlar soni 90 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:21 Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 344.54 KB
Ko'rishlar soni 418 marta
Ko'chirishlar soni 90 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, doc
Tepaga