1-sinf O'qish fanidan Laylak keldi, yoz bo'ldi nomli dars ishlanma

1-sinf O'qish fanidan Laylak keldi, yoz bo'ldi nomli dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf O'qish fanidan Laylak keldi, yoz bo'ldi nomli dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Karmana tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli 17- umumiy o'rta ta'lim maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Toshova Rahimaning O'qish fanidan Laylak keldi, yoz bo'ldi mavzusida Noan'anaviy dars ishlanmasi Sinf :1 Mavzu: Laylak keldi,yoz bo'ldi (Qo'shiq) Ta'limiy: O'quvchilarga xalq og'zaki ijodi haqida keng qamrovli bilim berish, mavzu g'oyasini rasmlar, ko'rgazmali qurollar asosida ochib berish orqali ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish. Tarbiyaviy:Buyuk ajdodlarimiz merosini o'rganishga havas ruhida tarbiyalash, axloqiy sifatlarni shkllantirish, o'z ajdodlarimizdan faxrlanish hissini rivojlantirish. Rivojlantiruvchi: Og'zaki va yozma nutqni o'stirish, kichik guruhlarda ishlash, mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga matn bilan ishlashga o'rgatish. Darsning maqsadi: Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodi: suhbat, savol- javob, interfaol usullar, o'z o'rnini top o'yini. Dars jihozi: Darslik, texnika vositalari, ko'rgazmali qurollar, tarqatma ashyolar Darsning sxemasi: tashkiliy qism - 5 daqiqa O'tilgan darsni so'rash- 5 daqiqa Yangi mavzu - 15 daqiqa Mustahkamlash- 10 daqiqa Baholash - 5 daqiqa Uyga vazifa- 5 daqiqa. tashkiliy qism: O'quvchilar Bahor haqida she'rlar aytadilar. O'tilgan mavzu savol- javob asosida takrorlanadi. Xalq og'zaki ijodi deganda nimani tushinasiz? Folklor qanday ma'noni bildiradi? Xalq og'zaki ijodiga nimalar kiradi? Topishmoqlarning ahamiyati haqida ayting? O'z o'rniga qo'y o'yini. O'yinga oid savollar: 1.Yusuf xos Hojib o'quv, idrok, bilimni nimaga o'xshatgan? 2.Bahor faslida qanday bayramlar nishonlanadi? 3.Amir Temur bobomiz Ona yurtimiz uchun qanday xizmatlar qilgan? 4.Ulug'bek bobomiz kim bo'lgan? 5.Prezidentimiz I.A.Karimov Farzandlarimiz qanday bo'lishlari shart deganlar? 6.Qadimda ota bobolarimiz kitobga qanday munosabatda bo'lganlar? Yangi mavzu: Laylak keldi, yoz ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 709.81 KB
Ko'rishlar soni 349 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 709.81 KB
Ko'rishlar soni 349 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga