1-sinf O'qish fanidan Maktab-oftob qo'shig'i dars ishlanma

1-sinf O'qish fanidan Maktab-oftob qo'shig'i dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf O'qish fanidan Maktab-oftob qo'shig'i dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: O'qish Dars mavzusi: Maktab - oftob qo'shig'I Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga tabiatni asrash, avaylash unga mehr-mubabbatini uyg'otish, va milliy urf-odatlarimizni o'rgatish, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylashga o'rgatish rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rangli rasmlar, ko'rgazma, kesma harflar, darslik, tarqatma materiallar Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'lishlari shart. I.A. Karimov Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: - Bahorda qanday gullar ochiladi? - Bahorda ilk bor qaysi qush uchib keladi? - Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi? - Navro'z qachon bayram qilinadi? - Navro'zni odamlar qanday nishonlaydilar? Takrorlash orqali o'quvchilar bilimini mustahkamlash. 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. She'r ifodali o'qib beriladi. Maktab - oftob qo'shig'I Quddus Muhammadiy Dunyoda eng sevgan joying Qayer? - dedi. Dedim: Maktab! Dedim: Oftob! Sababin ayt, dedi. Dedim: O'rgatadi ilm-u odob. Ota-onam sevar meni, Qarog'im, quvonchim, deb O'qituvchim sevar meni, O'quvchim, a'lochim, deb. Dunyoda eng sevgan joying Qayer? - dedi. Dedim: Maktab! Dedim: Oftob! V.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar - Siz qaysi maktabda ta'lim olyapsiz? - Maktabda nimalarni o'rgandingiz? - Maktabga kelishni yoqtirasizmi? - Maktab dargohiga kelishingizdan maqsadingiz nima? V. O'quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag'batlantiriladi. Uyga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.65 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.65 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga