DARS ISHLANMASI (KONSPEKT) Dars sanasi: Sinf: Fan nomi: O'qish Dars mavzusi: Maqtanchoq g'oz A. Avloniy Dars maqsadi: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga mavzuni to'liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko'nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga Vatanga bo'lgan mehr-mubabbatini uyg'otish, va jdodlarimiz merosini asrab-avaylashga o'rgatish rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning o'qishga va yozishga, bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish Dars turi: noan'anaviy Dars uslubi: suhbat, aqliy hujum, o'z-o'zini baholash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko'rgazma, darslik, Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'lishlari shart. I.A. Karimov Dars jarayoni va texnologik xaritasi Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi tashkilIY QISM II. Og'zaki so'rov. O'tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi: O'tgan darsda qanday mavzuni o'tgandik? Buvasi Erkinjonga nima deb tanbeh berdi? - Siz ham tugma qadashni bilasizmi? Yer insonlarga nima der ekan? Nima uchun Ona yer deb ataymiz? Siz qanday maqollarni bilasiz? 3. Yangi mavzuni tushuntirish O'quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e'lon qilinadi. Maqtanchoq g'oz A. Avloniy Bir g'oz suvda so'zib yurib, o'ziga -o'zi maqtanib: Olamda menday hunarmand qush yo'qdir. Yerda yuraman, suvda suzaman, havoda uchaman. Bir o'zimning uch xil hunarim bor,-debdi. G'ozning bu so'zini bir qurbaqa eshitib: Birodar, sen buncha maqtanmasang ham bo'lar edi. Chunki baliqdek suza olmaysan, kiyikday yura olmaysan, lochindek ucha olmaysan , - debdi 4. Dam olish daqiqasi Mavzu ustida ishlash. O'quvchilar fikri tinglanadi. Odob haqida ma'lumot beriladi.Maqollar , she'rlar va topishmoqlar ayiladi. Maqol: Chiranma g'oz, hunaring oz. V.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar - G'oz nima deb maqtandi? - ...

Joylangan
10 Sep 2022 | 22:56:08
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
580.39 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:22
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Sep 2022 [ 22:56 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
580.39 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:22 ]
Arxiv ichida: pptx, docx