1-sinf O'qish fanidan Sher va sichqon ertagi mavzusida dars ishlanma

1-sinf O'qish fanidan Sher va sichqon ertagi mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf O'qish fanidan Sher va sichqon ertagi mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Mavzuning texnologik xaritasi Sinf: 1 Sana: а) Ta'limiy maqsad: O'quvchilarni Sher va sichqon ertagi mazmuni bilan tanishtirish, ertak qahramonlari haqida ma'lumot berish, ertakdan xulosa chiqarishga o'rgatis b) tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarga do'st orttirish, do'stlikni qadriga yetish, vafodorlik, o'zaro hurmat tuyg'usini sigdirish,hayvonlarni asrashga, ularni sevishga o'rgatish; c) rivojlantiruvchi maqsad:O'quvchilarning nutq boyligini o'stirish, fikr doirasini kengaytirish, rasm asosida hikoyalash malakalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi Dars metodi: savol-javob, suhbat, boshqotirma, Hamkorlikda qayta hikoyalash mashqi, Ertaklar bilag'oni, Davom ettir o'yinlari Dars jihozi: darslik, mavzu asosida ishlangan rasm, yumshoq o'yinchoq, tarqatma materiallar, videolavha, multimediya ilovalari I. Darsning borishi: Tashkiliy qism Salomlashish, navbatchi axboroti tinglanadi. O'quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta'minlash. Ularni guruhlarga ajratish: 1-guruh; Bilimdonlar 2-guruh: Zukkolar 3-guruh: Quvnoqlar Dars Milliy istiqlol g'oyasi faniga bog'lanadi. Dars shiori: A'lo o'qiymiz har dam, Kelajakga boramiz ildam. O'qituvchi: Hamma quvnoq sog'lommi? Darsimizga tayyormi? O'quvchilar: Biz quvnoq sog'lommiz Darsingizga tayyormiz O'qituvchi: Biz kimmiz? O'quvchilar: Barkamol avlod Shioromiz: Biz barkamol o'ktam avlodmiz Kelajagi buyuk davlatmiz (Prezidentimizning Chet tillarni o'rganish to'g'risidagi farmonini amalda bajariish). O'qtuvchi o'quvchilardan hafta kunlarini ingliz tilida so'raydi: Monday - Dushanba Tuesday - Seshanba Wednesday - Chorshanba Thursday - Payshanba Friday - Juma Saturday - Shanba Sunday - Yakshanba II. Uyga bergan vazifani so'rash Savollarga javob yozganliklarini daftarlaridan o'qitib tekshirish. Kitobni qanday asrash kerak? Avaz qanday niyat qildi? Kompyuter qanday vazifalarni bajaradi? Quyon musobaqada nima uchun yengildi? Boshqotirma. Katakchalarni to'g'ri to'ldirsangiz, ilm manbayiga oid so'z kelib chiqadi. Rebus. Rebusni yechsangiz, kitob haqidagi hikmatli gap kelib chiqadi. Boshqotirma. O'quvchiga maktabni topib borishiga yordam bering. O'quvchiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.89 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.89 MB
Ko'rishlar soni 281 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga