1-sinf O'qish fanidan Tinchlik she'ri dars ishlanmasi

1-sinf O'qish fanidan Tinchlik she'ri dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf O'qish fanidan Tinchlik she'ri dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

1-sinf O'qish darsi IV-chorak Mavzu: Tinchlik she'ri Fayzi Shohismoil Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarda vatanga, tug'ilib o'sgan muqaddas go'shaga bo'lgan mehr-muhabbatini o'stirish. T.K-1. O'zining fuqarolik burchini bilish, huquqlarini bilish unga rioya qilish, vatanini ardoqlash. Tarbiyaviy: O'quvchilarda insonparvarlik, mehr-oqibat, o'zaro xurmat va bir-biriga yordam berish tuyg'ularini shakllantirish. T.K-2. O'rtoqlarini tushunish, o'zaro xurmat va o'z fikrini to'g'ri bayon eta olish. Rivojlantiruvchi: Mustaqil fikrash, ravon, mazmunli, tez o'qish malakasini rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Aqliy hujum, Zanjir, erkin ijod, guruhlarda ishlash. Dars jihozi: O'zbekiston haqida videorolik, mavzuga oid ko'rgazmalar, O'rmon ko'rgazmasi, Maqollar gulshani, ko'rgazmasi, krossvord. Darsni borishi: tashkiliy qism: O'qituvchi: salom meni jajjilarim, aqlli, zukko, topqirlarim. O'quvchilar: salom aziz ustozim. O'qituvchi: Qani kim navbatchingiz? Menga axborot beringiz. O'quvchi: Bugun men navbatchiman, Sinfdagi hisobchiman, O'ttiz ikki bolakaymiz, Darsga xammamiz shaymiz. Darsimiz shiori: Intilganga tole yor. Bolajonlar bugun sizlar bilan guruhlarda ishlaymiz, dars davomida Eng faol guruh,Eng zukko o'quvchi nomini olasiz. Guruh sardorlari yaxshi qatnashgan o'quvchilarga kapalak ball berib boramiz. Agar beshta kapalak olsangiz besh ballni qo'lga kiritasiz. Bolajonlar hammangiz ertakni yaxshi ko'rasiza? Bugun ertakni birgalikda to'qiymiz. Zumradoyni sarguzashtlari nomli ertak yaratamiz. Zumradoyni dadasi Zumradni o'rmonda qoldirib ketadi. Zumrad o'tira-o'tira zerikib boshi oqqan tomonga yo'lga tushibdi, yo'lidan qalin o'rmon chiqibdi. O'rmonning nomi: O'tilgan mavzuni mustahkamlash ekan. O'rmon ichida uchta yo'l bor ekan. Zumrad qaysi biridan yurishni bilmay qolibdi. Chunki har bir yo'lda to'siqlar bor ekanda. Bolajonlar yo'rdam beramizmi? O'quvchilarni uch guruhga bo'lib guruhlarni nomlaymiz. 1-guruh - Bo'g'irsoq, 2-guruh - No'xotpolvon, 3-guruh - Qizil qalpoqcha. O'tilgan mavzu: Tinchlik eng oliy ne'mat Zikrilla Ne'mat. Guruh sardorlari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.18 MB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.18 MB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga