Mavzu: Danak ichidagi daraxt(1-qism) MARHAMAT O'QUVCHILAR AZIZ ABDURAZZOQNING DANAK ICHIDAGI DARAXT ERTAGINI MAROQ BILAN O'QING!! DANAK ICHIDAGI DARAXT(I) Aziz Abdurazzoq Bir bor ekan, bir yo'q ekan, Daraxtlari ko'p-ko'p ekan, Bir yo'q ekan, bir bor ekan. Yoz kelganda ko'm-ko'k ekan Shahrimizda chaqqon, dono Hovlidagi bir tup o'rik Ra'no degan qiz bor ekan. Sara ekan, zotli ekan, U yashagan hovli bog'day, Asaldan ham totli ekan. O'sha o'rik pishganida, Ra'no uni maza qilib yeb, ortiqchasini oftobga yoyib quritar ekan. O'rik qurib, turshak bo'lganida, oyisi uni xaltalarga solib, tikib qo'yar ekan. Bir kuni Ra'no oyisi bilan birgalashib xaltalarga turshak solayotganida, turshak orasidagi bitta danak yerga tushibdi. Ra'no uni olib, osmonga otib o'ynay boshlabdi. U danakni osmonga otar ekan-da, pastga tushayotganida kafti bilan ilib olar ekan. Har safar danak Ra'noning kaftiga tushganida, «shiq-shiq» degan tovush eshitilar ekan. «Iya, bu nima?» deb o'ylabdi Ra'no. Shunda danakning ichida kimdir ingichka ovoz bilan gapiribdi: - Bu men - daraxtman, - debdi haligi ovoz. - Iya, daraxt ham danakning ichida bo'ladimi? - debdi Ra'no hayron bo'lib. - Daraxt bo'lsang, qanaqa qilib danakning ichiga kirib olding? Ra'no danakni chaqib ko'rmoqchi bo'libdi. - Qani, ko'ray-chi, qanaqa daraxt ekansan? - debdi u.U shunday deb, danakni kattakon, sip-silliq tosh ning ustiga qo'yibdi. Keyin uni bolg'a bilan urgan ekan, sirg'alib uchib ketibdi. Ra'no uni qidiribdi-qidiribdi, topolmabdi. - Hay, mitti daraxt, qayoqqa qochding? - deb chaqiribdi. Danak javob bermabdi. (II)Shunday qilib, danak yo'qolibdi. Bora-bora, Ra'no uni esidan chiqarib yuboribdi. Chunki uning ishi ko'payib ketibdi. U har kuni dadasining yonida yurib gullarga suv quyibdi, oyisining aytganini ...

Joylangan
10 Sep 2022 | 22:56:08
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Sep 2022 [ 22:56 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:40 ]
Arxiv ichida: pptx