Sana: Sinfi: Fan: Atrofimizdagi olam Dars mavzusi: Bizning mahalla. Darsning borishi: I.tashkiliy qism. Salomlashish. O'qituvchi: -Salom shirintoylarim, yulduzlarim oylarim, Latofatga boylarim, ham sho'x quvnoqlarim. Tinglab mening so'zlarim,olgan siz saboqlarim, O'ylab puxta javob bering, hozir qay dars aytib bering. O'quvchim: Hozir Atrofimizdagi olam darsi B) Darsimiz shiori: -Bilim ol, hunar tanla! -Bilim olib, hunarli bo'lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu -Sog'ligimiz. O'qituvchi: Siz qanday o'quvchisiz? Hamma: Biz- buyuk yurt osmonida go'zal kamalak, Barkamol avlod bo'lmoq -eng ezgu tilak. Davomatni aniqlash O'qituvchi: II. O'quvchilarga atrofimizdagi olam fani haqida tushuncha berish. II.Yangi mavzu bayoni: Ma'lum bir hududga xos an'analar haqida so'z yuritilganda, avvalo, mahalla nomi tilga olinishi bejiz emas. U yerdagi ma'naviy muhit, odamlarning kasb-kori ham mahalla nomida o'z aksini topgan. Shuning uchun mamlakatimizda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish, boshqaruvning bu noyob tizimidan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlat boshqaruv organlari zimmasidagi ko'plab huquq va vakolatlar mahalla institutiga berilmoqda. Natijada bugungi kunda aholini moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, oilalar mustahkamligini ta'minlash, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga erishishda mahalla beqiyos o'rin tutmoqda va u tom ma'noda xalq vijdoniga aylanib bormoqda. Samarqand viloyatidagi mahallalar faoliyatida ham ana shu jihatlar ustuvorligini ko'rish mumkin. Jumladan, Kattaqo'rg'on shahar Umar Norov nomidagi mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan hudud obodligi, aholining hamjihatligi va farovonligini ta'minlash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. - Mahallani katta bir oilaga qiyoslash mumkin, - deydi mazkur mahalla fuqarolar yig'ini raisi Olim Shukurov. - Chunki mahallada yashayotgan har bir insonning hayoti, quvonch va tashvishlari barchaning e'tiborida bo'ladi. ...

Joylangan
12 Sep 2022 | 22:45:09
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
9.91 MB
Ko'rishlar soni
280 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Sep 2022 [ 22:45 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
9.91 MB
Ko'rishlar soni
280 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: docx