1-sinf Tabiiy fan Ob-havo mavzusida dars ishlanma

1-sinf Tabiiy fan Ob-havo mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Tabiiy fan Ob-havo mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Mavzu: Ob-havo. Maqsad: Ta'limiy: O'quvchilarga matn mazmuni haqida bilim berish. Tarbiyaviy: Ona tabiatga mehr-muhabbatlarini yanada oshirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilar dunyoqarashini kengaytirish Kommunikativ kompetensiya: muloqotga kirishish uchun zarur bo'ladigan og'zaki nutqni o'zlashtirish, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so'z va atamalarning ma'nosini aytib bera olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: mavzuga doir ma'lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o'stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, sportning yoshiga mos turi bilan shug'ullanish, o'zini tuta olish, to'g'riso'z bo'lish, o'zining xatosini tushunish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo'lish; farzandlik va o'quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o'quv qurollarini asrab-avaylash. Milliy va umummadaniy kompetensiya: o'zi yashaydigan o'lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; do'stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo'lish. Dars turi : Yangi bilim beruvchi Dars uslubi: Suhbat ,savol-javob Dars jihozi: Mavzuga mos rasmlar, didaktik materiallar Darsning borishi: I.Salomlashish. Davomatni aniqlash. O'quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. II.O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarni bilimlarini savol-javob orqali so'rab bilish. II.Yangi mavzu bayoni. Radio va televizorda har kuni ob-havo haqida ma'lumot beriladi. Bunda havoning ma'lum bir joy va vaqt davomidagi holatlari -- harorati, ochiq yoki bulutli bo'lishi, shamolning qaysi tomondan esishi, yog'inlarning yog'ish yoki yog'masligi haqida aytiladi. Havoning ma'lum vaqt va joydagi holatlari ob-havo deb ataladi. Havoning holatlariga uning namligi va bosimi ham kiradI. Havoning namligi va bosimi nima ekanligini yuqori sinflarda bilib olasiz,Yer yuzining turli joylaridagi ob-havoni internet orqali ham bilib olish mumkin. Ob-havoning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 613.05 KB
Ko'rishlar soni 564 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 613.05 KB
Ko'rishlar soni 564 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga