XUSH KELIBSIZ QUSHLAR TABIATIMIZ KO'RKI DEB NOMLANGAN OCHIQ DARSGA Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlarni o'troq, ko'chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo'lish mumkin. O'TROQ QUSHLAR: Yil davomida bir joyda yashayotgan chittak, musicha, ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna o'troq qushlar deyiladi. KO'CHIB YURUVCHI QUSHLAR. Yil fasllariga qarab joyini o'zgartirib turadigan qushlar ko'chib yuruvchi qushlar deyiladi go'ngqarg'a, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kamroq, oziq mo'lroq bo'lgan joylarga uchib ketadilar. V UCHIB KETUVCHI QUSHLAR. Kuzda mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga gala hosil qilib uchib ketadi. Bularga qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar yoz oxirida yoki erta kuzda,hali uya qurgan joyda havo iliq, oziq mo'l bo'lishiga qaramay uchib ketadi. O'rdak, g'oz va oqqush kech kuzda, yashash joyida suv muzlab qolgandan so'ng uchib ketadi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi va o'sha yo'ldan o'z vatanlariga qaytadi. VOHA QUSHLARI. Chumchuqsimonlar turkumi: Bu turkumga qaldirg'och, go'ngqarg'a, chug'urchuq, bulbul' chumchuq va boshqalar kiradi. Ularning erkagi yirik, rangli, ovozi, toji va boshidagi patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar qushlar turining deyarli yarmini o'z ichiga oladi Qaldirg'och tanasining orqasi ko'kimtir-qora, qorin tomoni oq, pesxonasi va bo'yni qizg'ish-qo'ng'ir qanotlari ingichka va uzun uzun, dumi ikkiga ajralgan bo'ladi.Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan. Yassi va qisqa tumshug'I juda keng ochiladi. Uyaga 4-6 ta tuxum qo'yib urg'ochisi bosadi. Qaldirg'och kunni deyarli butun qismini havoda o'tkazadi. GO'NGQARG'A chumchuqsimonlarning eng yirik turi qishlash uchun shimoliy hududlardan o'lkamizga uchib keladi.mart oylarida esa uchib ketadi. U ZOG'CHAlar bilan gala hosil qiladi. KAPTARSIMONLAR TURKUMI: shahar ...

Joylangan
12 Sep 2022 | 22:45:09
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
6.91 MB
Ko'rishlar soni
1738 marta
Ko'chirishlar soni
588 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:23
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
12 Sep 2022 [ 22:45 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
6.91 MB
Ko'rishlar soni
1738 marta
Ko'chirishlar soni
588 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: pptx, docx