Sana Sinf 2-sinf Mavzu Atrofimizdagi olam Maqsad : Ta'limiy: O'quvchilarga tabiatdagi narsa va hodisalar haqida ma'lumotlar berish. Atrofdagi o'simlik va hayvonat dunyosi namunalari bilan tanishtirish Tarbiyaviy: O'quvchilarni ona tabiatga mehr-muruvvatli bo'lish ruhida taribiyalash Rivojlantiruvchi: O'quvchilar ongida tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish Metodlar : Klaster, savol-javob, ko'rgazmalilik. Jihozlash: Tabiatning turli manzaralari ifodalangan ko'rgazmalar, hayvon va o'simliklarning rangli sur'atlari Dars bosqichlaridagi ketma-ketlik: Dars qismining mazmuni 4. Darsning namunaviy texnologik xaritasi Darsning mavzusi: Atrofimizdagi olam Sinf: 2-sinf Darsning maqsadi. 1. O'quvchilarning tabiatdagi narsa va xodisalar haqidagi tasavurlarini boyitish; 2. Atrofdagi o'simlik va hayvonot dunyosi namunalari bilan tanishtirish, ularni asrab-avaylash, himoya qilishga o'rgatish. 3. Ona tabiatga mehr-muhabbatlarini yanada oshirish. Dars metodi: savol-javob, klaster, Dars turi: yangi bilim beruvchi. Darsning jihozlanishi. Tabiatning turli fasllardagi manzaralari, o'simlik va hayvonlarning rasmlari, insonlarning mehnat jarayoni, ular tomonidan yaratilgan buyumlarning rangli suratlari. Atama va tushunchalar ; inson, tabiat, ob-havo, o'simlik, hayvon, sezgi a'zolari. Darsning borishi. Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorgarliklari aniqlanadi. O'tgan darsni mustahkamlash: Tarmoqlash usuli orqali oldingi darsda o'tilgan mavzu takrorlanadi. O'quvchilar 5-6 kishilik guruhlarga bo'linib o'tiradilar. Klaster usulidan foydalangan holda Atrofimizdagi olam nima? degan savolga bolalar javob beradilar. O'qituvchi strelkalar to'g'risiga yoza boshlaydi. 1.Қushlar 2.Gullar 3.Insonlar 4.O'simliklar 5.Ҳayvonlar 6.Daraxtlar. Yangi mavzuni bayon etish. O'tiladigan mavzuni bayon etishdan aval o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinib, ularning diqqatini jamlab, darsga bo'lgan qiziqishlarini orttiriladi: 1. Atrofimizdagi olam deganda nimani tushunasiz? 2. Atrofimizdagi olamni qaysi sezgi a'zolarimiz orqali kuzatamiz? 3. Ertalab uyqudan uyg'onganingizda ob-havo qanday edi? 4. Oila a'zolaringiz nima ish bilan mashg'ul bo'ldilar? O'qituvchi shu kabi savollar ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.86 KB
Ko'rishlar soni
329 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.86 KB
Ko'rishlar soni
329 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:24 ]
Arxiv ichida: doc