Sinf: 2-sinf Mavzu: Chumolilarning tabiatdagi o'rni Vaqt: 45 daqiqa Dars nomi: Foydali hashorat Maqsad: «Chumolilarning tabiatdagi o'rni» matni bilan tanishadilar va chumolilarning tabiatdagi o'rni haqida bilib oladilar ; matn bilan ishlash va xulosalar chiqarish ko'nikmalarini rivojlantiradilar; hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Jihozlar: Har bir guruh uchun jadval tushirilgan A-4 qog'ozi Jarayon: 1-bosqich. O'qituvchi quyidagi topishmoqlar orqali «Kuzda hashoratlarning hayoti» mavzusini mustahkamlaydilar: 1. Zuv boradi, zuv keladi. Gulga qo'nadi, sharbat yig'adi. 2. Uzun tor ko'cha, ichi to'la mitti bachcha. 3. Joni bor, qanoti yo'k, yer ostida soni yo'q O'qituvchi o'quvchilarning topishmoqlar yuzasidan fikrlarini to'ldiradi va yangi mavzu bilan bog'laydi. 7 daqiqa 2-bosqich. O'qituvchi sinf doskasiga quyidagi chizmani chizadi va O'zingiz yashab turgan joylarda yashovchi qaysi hashoratlar sizga ma'lum? savoli bilan murojaat etadi. O'quvchilar javoblarini o'qituvchi har bir chiziqqa yozadi. Keyin o'quvchilar bilan birgalikda barcha hashoratlar 2 turga bo'linadi: foydali hashoratlar 1ta rangdagi, zararli hashoratlar boshqa rangdagi markerlar bilan ajratiladi. SHundan so'ng o'qituvchi bugungi dars foydali hashoratlardan biri chumoli haqida ekanligini aytadi. 5 daqiqa 3-bosqich. O'qituvchi sinf o'quvchilarini 5-6 kishilik guruhlarga bo'ladi va har bir guruhga ilovadagi jadval tushirilgan A-4 qog'ozini tarqatadi. 3 daqiqa Guruhlar uchun topshiriq: Guruhda CHumolilarning tabiatdagi o'rni matnini o'qib chiqing. Keyin jadvalda berilgan 3ta savolga javob yozing. Jadvalni to'ldirishda matndan foydalaning. 15 daqiqa Taqdimot. Har bir guruhdan 1tadan o'quvchi guruh xulosalarini o'qib beradi. 6 daqiqa Muhokama: 9 daqiqa Mashg'ulot sizga yoqdimi? Guruhda ishlash qiyin bo'lmadimi? CHumolilarga avval siz qanday munosabatda bo'lgansiz? Nima uchun? CHumolilar kamaysa yoki yo'qolsa, qaysi hashoratlar ko'payib ketishi mumkin? Yana qaysi hashoratlar odamlar uchun foydali, ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.94 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.94 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: docx