2-SINF I.Dars mavzusi: Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. II. Darsning maqsadlari: a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga shaxsiy gigiyena va kun tartibi haqidagi ma'lumotlarni to'la yetkazish; b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni ozoda, saranjom, sarishta, intizomli va rejali qilib tarbiyalash; c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, jismoniy barkamolligini kuchaytirish. II. Asosiy tushuncha va atamalar: gigiyena, kun tartibi, uxlash, ovqatlanish, dars tayyorlash, rejalashtirish, impulslar va hokazo. IV. Darsning metodlari: aqliy hujum, Blits-so'rov. V. Dars usuli: noan'anaviy. VI. Darsda qo'llaniladigan vositalar: 2-sinf Jismoniy tarbiya darsligi, mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar. VII. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sportga oid yangiliklar haqida suhbat. 2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Takrorlash yuzasidan savollar: 1. Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega? 2. Kasal bo'lmaslik uchun nima qilish kerak? IX. Yangi mavzu bayoni: a) aqliy hujum: Bolajonlar, bir kun davomida nima ishlar qilishingizni va ularning har biriga qancha vaqt ketishini aytib bera olasizmi? X. Darslik bilan ishlash: O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini eshitib bo'lganlaridan so'ng, o'zining kun tartibini misol qilib keltiradi va mavzuni ifodali qilib o'qib beradi. Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. Jimoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishda o'z kun tartibingizni tuzishingiz hamda kun tartibi va shaxsiy gigiyenaga qat'iy rioya qilishingiz kerak. Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi? Bu, avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me'yorida dam olib uxlash, vaqtida to'g'ri ovqatlanish, zararli odatlardan o'zini tiyish, o'rganilgan bo'lsa voz kechish, kiyim-kechaklarni toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioya qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi? Har bir ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.09 KB
Ko'rishlar soni
538 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.09 KB
Ko'rishlar soni
538 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: docx