Mavzu: O'simliklar olami Darsning maqsadlari: ta'limiy: o'simliklarning qanday ko'paytirilishi va payvand qilinishi haqida bilim berish; tarbiyaviy: ekologik tarbiyani oshirish, o'lkamiz tabiatiga muhabbat hissini uyg'otish, dala va bog' ishlaridagi kattalar mehnatini e'zozlash, nazariy bilimlarni amalda qo'llay olishga ko'niktirish; rivojlantiruvchi: tabiatni kuzatish, tahlil qilish, tajriba o'tkazish malakalarini rivojlantirish. Dars kompetensiyasi: egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llay olish va tajriba o'tkaza olish. Dars turi: aralash. Dars metodi: hikoya, suhbat, savol-javob, klaster, tajriba. Dars jihozi: darslik, rasmlar, urug', danak, novda, AKT. Darsning borishi tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. Fasl haqida suhbat. Uyga vazifani so'rash va o'tilgan mavzuni mustahkamlash. Bahorda o'simliklar hayoti mavzusidan savol-javob o'tkazish. Eng oldin qaysi gullar ochiladi? Qaysi daraxtlar oldin gullab, keyin barg chiqaradi? Qaysi daraxt oldin barg yozib, so'ng gullaydi? «Qora sovuq» qanday sovuq? Savollar umumlashtirilib, o'quvchilar rag'batlantiriladi. Yangi mavzu bayoni. O'simliklar qanday ko'paytiriladi? Hovli, dala, gulzor va bog'larda o'sadigan o't-o'lan, daraxt va gullar o'simlik deyiladi. Ularning eng muhim xususiyatlaridan biri havoni tozalab turishdir. O'simliklar karbonat angidrid yutib, inson uchun zarur bo'lgan kislorodni chiqaradi. Biz shirin-shakar mevalarni maza qilib yeymiz. Ular vita'minlarga juda boy. Chiroyli gullar esa odamni o'ziga tortadi. Ko'ngilni ko'taradi. Ko'pchilik ekinlar urug'idan ko'paytiriladi. Paxtaning chigiti, qovun, tarvuz, handalak, qovoq, sabzi, piyozning urug'i ekiladi. Pomidor, qalampir va karam ham urug'idan ko'paytirilib, keyin ko'chat qilinadi. Kartoshka esa tugunagidan ko'paytiriladi. O'rik, yong'oq, shaftolining danagi ekiladi. Anor, anjir, tokning novdasi ekib qo'yilsa, ko'karib ketadi. Tol, terak ham novdadan ko'karadi. Ayrim mevali daraxtlar yaxshi hosil beradigan navlarga payvand qilinadi. Ko'pincha olma, nok, gilos, o'rik, shaftoli payvand qilinib, ko'paytiriladi. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'simliklarning ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
2157 marta
Ko'chirishlar soni
725 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.22 KB
Ko'rishlar soni
2157 marta
Ko'chirishlar soni
725 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:27 ]
Arxiv ichida: docx