Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47- sonli maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi O'TAYEVA LOBARning tabiatshunoslik fanidan 3-sinflarda Dorivor o'simliklar mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi Mavzu: Dorivor o'simliklar Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga o'simliklar dunyosi haqida ma'lumot berish. Ularga dorivor o'simliklar, ularning foydasi va shifosi haqida tushunchalar berish. Tarbiyaviy: O'quvchilarni o'simliklarni sevishga, asrab avaylashga va tabiatga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning dorivoro'simliklar haqidagi bilimlarini rivojlantirish va og'zaki nutqini o'stirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi. Dars metodi: Tushuntirish, suhbat, savol-javob, o'yin, klaster, qisqa test. Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, AKT, darslik, tarqatma va multimediya ilovasi. Darsning borishi: tashkiliy qism O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchi orqali davomatni aniqlash, o'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish. O'quvchilarni uch guruhga: Boychechak, Binafsha, Lola guruhlariga bo'lib olish. Uchala guruh o'zlariga berilgan ta'rifni aytadilar. Boychechak Bahor uchun oychechak' Biz bo'lamiz Boychechak! Binafsha Biz Binafsha, Binafsha Kulishimiz chiroyli. Bahor kelsa ochilib, Turishimiz chiroyli! Lola Biz Lolalar, Lolalar Bizni sevar bolalar O'quvchilar bilan Qish fasli haqida, qish faslidagi o'zgarishlar va ma'lumotlar haqida suhbatlashish va Klaster metodidan foydalanib uchala guruh o'rtasida musobaqa tarzida o'yin o'tkazish. Bunda guruhlarning har biriga Qish fasli deganda nimalar tushunilishi, o'yinlar, bayramlar haqida tez va aniq yozadilar Ma'salan: qor, bayram, qorbobo, archa, yangi yil, sovg'a, chana, qo'shiqlar, qorqiz, qalpoq, sovuq, muz, konki, va hokazo, Berilgan vaqt ichida qaysi guruh ko'p so'z yozsa g'olib hisoblanadi va rag'batlantiriladi. O'tilgan mavzuni mustahkamlash O'tilgan mavzu: Poliz ekinlari O'quvchilardan o'tilgan mavzuni so'rab, ularning bilimini sinash uchun Ha yoki Yo'q o'yinidan foydalanish. Ha yoki Yo'q To'g'ri javobni o'qituvchi o'qib beradi. O'quvchilar yozgan javoblarni to'g'ri ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
11.47 MB
Ko'rishlar soni
404 marta
Ko'chirishlar soni
63 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
11.47 MB
Ko'rishlar soni
404 marta
Ko'chirishlar soni
63 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: docx