SANA: MAVZU:ODAM TANASI Darsning maqsadlari: a) ta'limiy: tabiat, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy boyliklar, ularning turlari, Qizil kitob haqida ma'lumot berish; b) tarbiyaviy: o'quvchilarda tabiatga mehr-muhabbatni o'shirish, ularga ekologik tarbiya berish; d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik savodxonligini, tafakkur doirasini kengaytirish, mustaqil va tez fikrlashga o'rgatish. Dars uslubi: Suhbat, guruhlarda ishlash, Aqliy hujum, Klaster, Sinovlar guldastasi. Dars jihozlari: Odam tanasining tuzilishi aks etgan rasmlar, darslik, o'simlik va hayvonot dunyosi, Qizil kitob maketi, test topshiriqlari, boshqotirma, savolli vazifalar. Darsning borishi: O'quvchilar bilan salomlashib, navbatchining hisoboti eshitiladi. Ma'naviyat daqiqasi o'tkaziladi. So'ngra o'quvchilar uchta guruhga bo'linib, o'z nomlari va shiorlari bilan tanishtiradi. 1-guruh: Qushlar. Shiori: Qushlar bizning do'stimiz. 2-guruh: Quyosh. Shiori: Har doim bo'lsin quyosh. 3-guruh: Yulduzcha. Shiori: Biz kichik yulduzchalar, bilimga shay g'unchalar. O'qituvchi guruhlarning amal qilishi kerak bo'lgan Oltin qoidalar bilan tanishtiradi. 1. Intizom. 2. O'zaro hurmat. 3. Faollik. 4. Vaqtga rioya qilish. 5. O'zgalar fikrini takrorlamaslik. 6. O'ng qo'l qoidasi. 7. To'g'ri javob uchun rag'bat. O'tgan darsdagi Hayvonlarning xilma-xilligi mavzusi yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. 1. Baliqlarning qanday ahamiyati bor? 2. Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz? 3. O'txo'r va go'shtxo'r hayvonlar nimalar bilan oziqlanadi? 4. Oziq zanjiriga misollar keltiring. Tabiatga sayohat. Ekspertlar o'z guruhlarini parvozga tayyorlaydi. Xayolan tasmalarni bog'lab, sanay boshlaydi: 5, 4, 3, 2, 1 ketdik. Osmoni falakdan turib ona yer, uning tabiati kuzatiladi. Tezkor savollar, topishmoqlar orqali yangi mavzu aniqlanadi. 1. Tog' etaklari nima deyiladi? (Adir) 2. Tog' yo'li? (So'qmoq) 3. Tog' guli nima? (Lola) 4. Daraxtlar ko'p joy? (O'rmon) 5. Tong darakchisi? (Xo'roz) 6. Kuchli shamol? (Bo'ron) 7. ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:30
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:30 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan