Sinf:3 FAN: ATROFIMIZDAGI OLAM Mavzu: Poliz ekinlari Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga polia ekinlari haqida ma'lumot berish,mavzu yuzasidan batafsil ma'lumot berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni tabiatni sevishga,asrab-avaylashga o'rgatish,tabiat ne'matlaridan unumli foydalanish,tejamkorlik yaxshi odat ekanligini tushuntirish. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning dunyoqarashlarini boyitish,mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha va bilim beruvchi Dars usuli: tushuntirish,suhbat,savol-javob,guruhlarda ishlash, Tarmoqlash Dars jihozi: darslik,poliz ekinlari rasmi,tarqatmalar DARS BOSQICHLARI 1 tashkiliy qism 5 daqiqa 2 O'tilgan mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa 3 Yangi mavzuni tushuntirish 10 daqiqa 4 Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa 5 O'quvchilarni baholash 3 daqiqa 6 Uyga vazifa 2 daqiqa I. tashkiliy qism. -salomlashish; -navbatchini aniqlash; -davomatni aniqlash; -o'quv qurollarini nazorat qilish; -sinf tozaligini nazorat qilish; -hafta yangiliklari; -Vatan haqida she'rlar so'rayman. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifani so'rash. Uyga vazifa Kartoshka. Sabzavotlar. Qulupnay mavzusini o'qib kelish edi. O'quvchilardan o'qib kelganlari so'zlab beradilar. Boshqa o'quvchilar savol beradilar. Iqtidorli o'quvchilar uchun kartoshka va qulupnay rasmini chizib kelish topshirig'i berilgan edi. Bu rasmlar ko'rib baholanadi va 1-2-3-o'rinlar bilan taqdirlanadi. II.Yangi mavzuning bayoni. Dastlab bolalarga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi? -Poliz ekinlari deganda nimani tushunasiz? Nimalar poliz ekinlari sarasiga kiradi? Suhbat asosida fikrlar jamlanadi.O'quvchilarga darslikdagi mavzu tushuntiriladi. O'quvchilar navbatma-navbat o'qib chiqadilar. Poliz ekinlariga tarvuz,qovun,oshqovoq,bodring kabilar kiradi. Tarvuz va qovun urug'lari dalaga mart oyida ekiladi. Unib chiqqach taglari yumshatiladi. Vaqti-vaqti bilan sug'orib turiladi,o'g'it solinadi,ishlov beriladi. Poliz ekinlarining palaklari yer bag'irlab o'sadi. Ularning hammasi bir yillik o'simlik hisoblanadi. Qovun va tarvuz iyun oyidan boshlab pishib yetiladi. Tarvuzning urug'lari etining ichida bo'ladi. Qovun va handalakning urug'i o'rtasidagi bo'shliqda joylashadi. Yurtimizda qovunning bosvoldi,obinovvot,bo'rikalla,ko'kturna kabi navlari ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: docx