3-sinf Tabiiy Fan (Science) Suv hayot manbayi mavzuda dars ishlanma

3-sinf Tabiiy Fan (Science) Suv hayot manbayi mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Tabiiy Fan (Science) Suv hayot manbayi mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Suv-hayot manbayi Toshkent shahar Sergeli tumani 277-maktabning boshlang'ich Sinf o'qituvchisi Hasanova Ra'noning Tabiat fanidan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Fuqarolar atrof tabiat muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-modda Yer , yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-modda Suv tabiatning bebaho in'omidir, suvsiz yer yuzida hayot bo'lmas edi. Suvdan omilkorlik bilan foydalanib dehqonchilik bilan shug'ullanishgan. Vatanimiz hududida bundan II ming yil oldin yaratilgan zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda ham, suvning naqadar muqaddas ne'matligi, borliqning tirikligi u bilan bo'g'liq ekanligi ta'kidlanadi. Qadim zamonlardanoq, insonlar suvni muqaddas bilib suvni e'zozlashgan, suvga sig'inishgan, suv manbalari bor joylarga, buloq, soy-daryo, ko'llar bo'ylarida va ularga yaqin joylarda, insonlar o'zlarining yashash joylarini barpo etishgan. Olimlarning ko'pchiligi ham ilk sodda organizmlar suvda paydo bo'lganini tan olishadi. Suv bor ekan o'simliklar dunyosi, hayvonot olami va biz insonlar tirikmiz. O'sha paytda kimki suvga tupursa, ahlat tashlasa, suvni bulg'asa, u hoh hokim-to'ra bo'lsin, xoh oddiy inson uni qattiq jazolashgan va o'z saflaridan uni badarg'a qilishgan. Suv haqida faktlar Yer yuzida suv 3 xil holatda uchraydi, bular: suyuq, gaz (bug') va muz holatidir. Suvning ta'sirida organizmdagi barcha hujayralarda modda almashinish jarayoni amalga oshadi. Organizmga qabul qilingan ozuqa moddalaridan hosil bo'ladigan turli birikmalar suv vositasida tegishli to'qima hujayralariga yetkaziladi Tirik tanadagi qon va go'shtning 80%ga yaqini suvdan iborat. Tibbiy ma'lumotlarga ko'ra, inson tanasida 6-8% suv yo'qotilganda, inson tanasining harorati ko'tarilib, teri qismi qizib, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi Suv hayotning asosiy omili bo'lib, o'simlik tanasining 80-90%, hayvon organizmining 75%, inson tanasining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:31 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga