Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47- sonli maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi O'TAYEVA LOBARning tabiatshunoslik fanidan 3-sinflarda Yer usti va yer osti suvlari mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi Sana Mavzu: Yer usti va yer osti suvlari Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarga daryo va ko'llar,muzning erishi va suvning qaynashi haqida bilim va ko'nikmalarini shakllantirish. T.k.1 jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so'z va atamalarning ma'nosini aytib bera olish.T.k.6 tabiiy boyliklarni, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma'nosini tushunish, unga amal qilish,F.k.3 havoni ifloslantirish inson sog'ligi uchun zararli ekanligini anglaydi, Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab- tergab foydalanishga o'rgatish. T.k.3 o'zini tuta olish, to'g'riso'z bo'lish, o'zining xatosini tushunish.T.k.4 farzandlik va o'quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, Darsning rivojlantish maqsadi: :o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o'stirish, ekologik dunyoqarashini va tafakkur doirasini kengaytirish.F.k.1 O'z o'lkasining tabiati va tarixiy yodgorliklari haqida aytib bera oladi. Darsning jihozlari maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlar, O'zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik. Darsda qo'llaniladigan metod: Suhbatlashish tajribalar o'tkazish Darsning borishi. I. tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini tekshirish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o'quvchilarga ko'rinadigan joyga qo'yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko'l tasvirlangan rasmlarni osib qo'yish. II. Uy vazifasini so'rash: : Avvalgi darsda o'tilgan « Tabiatshunoslik nimani o'rganadi» mavzu yakunida berilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi. II. Yangi mavzuning bayoni. Okean va dengizlar Ona zaminimiz -Yer shar shaklida. Yer yuzini o'rganish uchun globusdan foydalaniladi. Globus - Yer sharining kichraytirilgan shakli (4- rasm). Globus sirtining ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 16:39:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
36.29 MB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:31
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 16:39 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
36.29 MB
Ko'rishlar soni
258 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:31 ]
Arxiv ichida: pptx, docx