Mavzu : Narsalarni xossalari bo'yicha to'plamlarga ajratish Sana Maqsad: O'quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo'yicha ta'lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash. Ta'limiy: O'quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyitish. Narsalar (bir xil, har xil) kabi tushunchalarni tasavvur qilishni o'rgatish. Tarbiyaviy:O'rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo'llay olishga o'rgatish. O'quvchilarda birodarlik, hozirjavoblik, topqirlik fazilatlarini tarbiyalab borish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni og'zaki va yozma hisoblash malakalarini o'stirish. O'quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o'qituvchi bilan birgalikda o'quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo'l qo'yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o'lchami, shakli, vazifasi) bo'yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: berilgan narsalarni xossasiga ko'ra bir yoki bir nechta to'plamlarga ajrata oladi; FK -2: o'z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi. Dars turi: Yangi tushuncha berish. Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish Jihozi: Mavzuga oid ko'rgazma, matematika darsligi. Darsning borishi. I tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish b) ma'naviyat daqiqasi Kun yangiligi II. O'tgan mavzuni so'rash va mustahkamlash. O'tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O'tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazish. II Yangi mavzu bayoni Darslik bilan ishlash; O'quvchilarning e'tiborini darslikning 9 - sahifasidagi rasmga qaratib Unda nimalarni ko'riyapsiz? - degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi. Uy hayvonlari haiqdagi o'quvchilar bilimlarini eshtish. Uy hayvonlari va ularning kishilar hayotidagi o'rni haqida suhbat o'tkazish.Sigir insonlarga qanday foyda keltiradi. Qo'y insonlarga qanday foyda keltiradi?Ularning soni nechta? Ularning tashqi ko'rinishini tasvirlab bering? ...

Joylangan
23 Sep 2022 | 22:31:32
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
21.46 KB
Ko'rishlar soni
408 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:21
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
23 Sep 2022 [ 22:31 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
21.46 KB
Ko'rishlar soni
408 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:21 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan