1-sinf Matematika 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari

1-sinf Matematika 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Matematika 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari - rasmi

Material tavsifi

1-sinf Matematika 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari dars ishlanmasi

Xorazm viloyati Xiva tumani 42-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Ro'zmetova Janibek Jumaniyozovnaning Matematika fanidan ,, 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari''mavzusida tayyorlagan 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi. Darsning mavzusi: 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari Tuzuvchi: Ro'zmetova Janibek Jumaniyozovna Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari mavzusini takrorlash orqali o'quvchilar bilimlarini mustahkamlash. 100 ichida sonlarni xonadan o'tib qo'shish usullari mavzusini yangi ped.texnologiyalar yordamida tushuntirish, ular ustida misol va masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish ko'nikmalarini shakillantirish. TK2: axborotlarni statistik ma'lumotlar ko'rinishlarning bir turidan boshqa ko'rinishga o'tkaza olish; FK1: kattaliklar orasidagi bog'lanishlarga oid masalalarni yecha olish. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarga yo'llarda harakatlanish qoidasini esga solish va yo'lning qatnov qismida o'ynamaslikni o'rgatish; TK4: atrofdagilar bilan o'zaro muloqot chog'ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning xayoliy tasavvurlarini ta'riflay olish malakalarini rivojlantirish. FK2: o'rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o'quv vaziyatlarda qo'llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish. FK2: o'rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o'quv vaziyatlarda qo'llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aqliy hujum. Dars metodi: Tushuntirish, savol-javob, noana'naviy, Baliqni tut, Zinama-zina metodikasi, Vinni Puxga yordam, Xohlagan o'yinchog'ingni tanla o'yini, test bilan ishlash. Dars jihozi: Mavzuga oid ko'rgazma, slayd multimediya ilovasi, AKT, monitor, kartochkalar. Darsning borishi: tashkiliy qism: O'quvchilarga darsda rioya qilinadigan Oltin qoidalarni eslatib o'tiladi. Siyosiy daqiqa o'tkaziladi. 1.O'quvchilar hozir qaysi fasl? 2.Kuz fasli qaysi oylarni o'z ichiga oladi? 3.Kuzda tabiat qanday ko'rinishga ega bo'ladi? Guruhlarning nomi o'tilgan mavzuga mos bolib, Topqirlar, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 19.69 MB
Ko'rishlar soni 415 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:20 Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, pdf
Fayl hajmi 19.69 MB
Ko'rishlar soni 415 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, pdf
Tepaga