O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Jizzax viloyat Jizzax shahar 16-umumta'lim maktabining mehnat ta'limi fani o'qituvchisi Raximov Uyg'unning DARS ISHLANMASI Mavzu: Duradgorlik birikmalari to'g'risida ma'lumotlar: yelimlash, mixlar,burama mixlar va boshqa vositalar bilan biriktirish. Mashg'ulotning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Darsning borishi: Yangi mavzu bayoni: Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog'lash usullari qo'llaniladi. Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o'zaro oddiy yoki murakkab ko'rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda qo'llaniladigan bog'lash usullari: dasta bet bog'lash, prizmatik yoki to'g'ri tirnoqli birikmalar( bir tirnoqli yoki ko'p tirnoqli), porsi usulida bog'lash, zakrovli birilmalar, chokli birikmalar, qaldirg'och quyruqli tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat. Dasta bet bog'lash eng oddiy va eng oson usuldir. Bu usul binokorlik ishlarida, parnik xo'jaligida yog'och qismlarini o'zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar tayyorlashda qo'llaniladi. Birikmaning o'lchamiga qarab detallar bir- biriga mixlash yoli bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida qotiriladi. Biriktirish usuliga ko'ra ajraladigan va ajralmaydigan duradgorlik birikmalariga bo'linadi. Birikmani etarli darajada puxtalash uchun mix, burama mix, burchakli usqurma, kiritma plastinka, bolt gayka va turli duradgorlik birikmalari dan foydalaniladi. Detallarni yog'och mixlar bilan biriktirish asosan turumli birikmalarda qo'llaniladi. Yog'och mixlar yo'g'onligi 3-12 mm gacha bo'ladi. Ular parmalangan teshiklarga yelimlab qoqiladi. Yig'ilgan va kuchga ishlaydigan ba'zi duradgorlik detallarida bolt gaykalardan foydalaniladi. Porsi usulida buyumlarni yasashda qo'yiladigan texnik talablar: Birikmaning har bir elementi chizmaga muvofiq tayyorlanishi lozim. Biriktirilgan hamma sirtlar bir - biriga jipslashib turishi kerak. Tirnoqli birikmaning ajraladigan yollari to'g'ri chiziqli va tirqishsiz bo'lishi lozim. Porsi tirnoqli birikmaning geometriyasi to'g'ri burchakli bo'lishi shart. Mehnatning xavfsizligi ...

Joylangan
26 Sep 2022 | 21:28:07
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
doc
Fayl hajmi
55 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
O'zgarish: doc fayl yangilangan
Joylangan
26 Sep 2022 [ 21:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
doc
Fayl hajmi
55 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
O'zgarish: doc fayl yangilangan