1-sinf Matematika Narsalarning to'plamlari dars ishlanma

1-sinf Matematika Narsalarning to'plamlari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Matematika Narsalarning to'plamlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana Dars mavzusi: Narsalarning to'plamlari Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: O'quvchilarni matematika darsligi bilan tanishtirish,narsalarning to'plamlari haqida tushuncha berish . b) tarbiyaviy maqsad : O'quvchilarda ahil jamoa bo'lib ishlash malakasini tarkib toptirish,miqdorlarni to'g'ri aniqlash ko'nikmasini shakllantirish. d) rivojlantiruvchi maqsad:O'quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, tog'ri va aniq hisoblash malakasini rivojlantirish . Milliy va umummadaniy kompetensiya: hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish; Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish; Dars turi: yangi bilim,ko'nikma,malakalarini shakllantiruvchi dars Dars metodi:an'anaviy, savol-javob,suhbat , tushuntirish , G'aroyib xalta, Futbol o'yinlari Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar va testlar,ko'rgazmali qurollar , notebook,multimedia. Darsning borishi. I.Taskiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash . O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish . II.O'quvchilar bilan kirish suhbati o'tkazish. O'quvchilarni matematika darsligi bilan tanishtirish.O'quvchilarni Matematikadarsligining mualliflari M.Ahmedov, N.Abdurahmonova, M.Jumayevlar haqida tushunchalar berish . O'quvchilarga matematikadan birinchi dars ekanligi bu darslarda sanashni, cho'plardan shakllar yasashni , misollar , masalalar yechishni , geometrik shakllarni o'rganish tushuntiriladi . II.Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiriladi. Yurtboshimiz tomonidan 1-sinf o'quvchilariga berilgan o'quv qurollari va dars tartibi bilan tanishtirish . Multimedia ilovalar orqali yangi mavzu haqida tushunchalar berish . Rasmlar asosida o'quv qurollari tanishtiriladi va ular haqida tushuncha beriladi . O'quv qurollar nomini o'quvchilardan so'rab ularning sanog'i so'raladi .O'quvchilarga kitob , daftar to'g'ri to'rtburchak shaklida ekanligini tushuntirish . Dam olish daqiqasi . Kulrang g'ozlar uchdilar , Ko'lmakchaga qo'ndilar . U-yon- bu yon qarashib , Yana uchib ketdilar . 1 , 2 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 1.92 MB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:21 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 1.92 MB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga