1-sinf Yozuv fanidan Tayoqlar va ilmoqlar yozish dars ishlanma

1-sinf Yozuv fanidan Tayoqlar va ilmoqlar yozish dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Yozuv fanidan Tayoqlar va ilmoqlar yozish dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana Dars mavzusi: Tayoqlar va ilmoqlar yozish Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga bir xil masofada nuqtalar qo'yishni, chamalashni , quyoshcha chizishni o'rgatish . Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni odobli , intizomli qilib tarbiyalash . Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning chamalash qobiliyatlarini, yozuv ko'nikmalarini rivojlantirish . Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiolardan eshitgan, ko'rgan lavhalaridan ma'lumotlar yig'ish va tushunish. O'zini-o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: o'quv fanlarini o'rganish; Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi . Dars metodi: Analitik - sintetik tovush metodi , tushuntirish , suhbat , ko'rgazmalilik Dars jihozi: Texnik vositalar , doska , quyoshcha tasvirlangan ko'rgazmalar . Darsning borishi. I. tashkiliy qism . O'quvchilarni darsga tayyorlash . O'quvchilarga to'g'ri o'tirish , yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanish qoidalarini o'rgatish . II. O'quvchilar bilan kirish suhbati o'tkazish . Yozuv vaqtida partada to'g'ri o'tirish (o'quvchining ko'krak qafasi bilan parta oralig'ida bir kaft sig'adigan joy qolishi ,qaddini qiya tutgan holda, oyoqlarni polga yoki oyoq qo'ygichga qo'yib o'tirish), chap va o'ng qo'l tirsaklarni partaning ustiga qo'ygan holda chap qo'l bilan daftarning bir uchini ushlab o'tirish. II. Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarga bir xil masofada nuqta qo'yishni , chamalashni , quyoshcha chizishni tushuntirish . O'quvchilarga yozuv tarixi haqida ma'lumot berish. Doskada partada o'tirish qoidasi va ruchkani ushlash qoidasi tushuntirib , ko'rsatiladi. Sinf partasida o'tirganda boshimizni o'ng va chapga qiyshaytirmasdan to'g'ri o'tirishimiz , ko'zimiz bilan yozuv daftari orasidagi masofani to'g'ri saqlashimiz lozim. O'quvchilar maxsus havoga yozish mashqlaridan so'ng daftarlariga bir xil masofaga nuqtalar qo'yishadi va quyoshcha chizadilar . Dam olish daqiqasi Yozdik -yozdik , ko'p yozdik , Endi birga turamiz , Qo'llarimiz charchadi . ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 750.33 KB
Ko'rishlar soni 391 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:24 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 750.33 KB
Ko'rishlar soni 391 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga