2-sinf Matematika Soat, minut mavzusida dars ishlanma

2-sinf Matematika Soat, minut mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
2-sinf Matematika Soat, minut mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Soat, minut. 100-6 ko'rinishdagi misollarni yechish (50-51-betlar). Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga 3 xonali sonlarni yechishni tushuntirish, tarkibli masala yechish. TK1: so'z va gaplarni bog'lagan holda o'z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish; FK1: o'rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, mavzuga doir tegishli misollar keltira olish. Tarbiyaviy: a) o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib borish; b) har bir matematik muammolarni ahillik. Birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.TK3: masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o'z faoliyatini to'g'rilay olish; Rivojlantiruvchi: tasavvur ko'nikmalarini rivojlantirish. FK2: o'qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o'z faoliyatini to'g'rilab olish. Dars jarayoni va texnologiyasi Darsning borishi: 1-, 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi. 3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida mustaqil ish o'tkazish. (Doskaga ushbu rasmlar ilinadi va har bir guruhdan o'quvchilar navbatma-navbat chiqib ishlanadi. Misolni to'g'ri bajargan o'quvchiga rag'bat kartochkasi beriladi) Qolgan o'quvchilarga rangli qog'ozdan tayyorlangan shakllari tarqatiladi. O'quvchilarga shaklni daftarlariga yopishtirib, peremetrini topish beriladi. 4-bosqich. Yangi mavzu bayoni. 1-misol (og'zaki).Soatning kichik mili soatni necha bo'lganini ko'rsatadi. U bir raqamdan ikkinchi raqamgacha 1 soatda o'tadi. Soatning katta mili minutni ko'rsatadi. U bir chiziqchadan ikkinchi chiziqchaga 1 minutda o'tadi. 1 soat = 60 minut. Savoljavob o'tkazish: 1) Soat qaysi vaqtni ko'rsatayapti? 2) Soatning katta mili qaysi raqamni korsatayapti? 3) Soatning kichik mili qaysi raqamni korsatayapti? 2-misolni namuna bo'yicha bajarishga o'rgatish. 100-6 = 90 + (10-6) = 90 + 4 = 94 90 10 100-7 100-4 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 562.18 KB
Ko'rishlar soni 594 marta
Ko'chirishlar soni 316 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:25 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 562.18 KB
Ko'rishlar soni 594 marta
Ko'chirishlar soni 316 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga