2-sinf O'qish fanidan Onam mavzusida dars taqdimot

2-sinf O'qish fanidan Onam mavzusida dars taqdimot

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
2-sinf O'qish fanidan Onam mavzusida dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani 1- sonli aniq va ijtimoiy gumanitar fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi D.Dadajonovaning 2-sinf o'qish fanidan yozgan bir soatlik DARS ISHLANMASI 1. Ta'limiy: O'quvchilarga onam she'ri haqida bilim berish. 2. Tarbiyaviy: Onani e'zozlashni o'rgatish. 3. Rivojlatiruvchi: Onani, ona elimizni, sevish hissini, ' rivojlatirish nutqlarni yangi so'zlar bilan boyitish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi she'rni ifodali o'qish va yod olish. Dars uslubi: Guruhlarda ishlash mustaqil ishlash usuli, suhbat, tarqatmalar, interfaol. Dars jihozi: Rangli rasmlar, tarqatmalar, testlar, maqollar. Dars shakli: Guruhlarda ishlash Darsning maqsadi: Mavzu: Onam Darsning borishi: I-bosqich. tashkiliy qism: Darsni tashkil etish. O'quvchilar e'tiborini darsga jalb qilish. O'quvchilar davomatni aniqlagandan so'ng, suhbat o'tkazish. O'qituvchi: Bolalar, yaxshi dam olib keldingizmi? Hozirgi darsimiz qaysi dars ekan? O'quvchilar: Bir ovozda , o'qish darsi! O'qituvchi: Barakalla bolalar qani aytingchi o'qish darsi nimalarni o'rgatar ekan ? O'quvchilar : O'qish darsi bizga O'rgatar tez o'qishni Nutqimizni boyitib , She'r, maqol, hadis yodlab, Anglaymiz yozu-qishni . O'qituvchi: Juda yaxshi bolalar . Biz qancha ko'p o'qisak , shunsha yaxshi bo'ladi . 1. Zukkolar. 2. Epchillar. 3. Chaqqonlar. O'tilgan mavzuni so'rash. O'tilgan darsni mustahkamlash, ya'ni uyga berilgan vazifa ustida ishlash O'qituvchi: Kecha uyga vazifa nima mavzu berilgan ? O'quvchilar: Ne'mat Toshpo'latning Mukofothikoyasini o'rganik O'qituvchi: Mukofot hikoyasi haqida nimalarni bilib oldingiz? 1.O'quvchi: Kitobni sevishni bildik 2.O'quvchi: Ustozning aytganini vaqtida bajarishga amal qilish 3.O'quvchi: Kitob va daftarlarni toza tutishni o'rgandik O'qituvshi: Ha bolalar Mukofothikoyasidan kelib chiqqan holda ,kitobni sevishni yirtmay toza tutishni o'rgandingiz II-bosqich. Kitob-so'ziga klaster usulidan foydalanib ta'rif beramiz Qaysi guruh ko'proq bilib javob ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 841.69 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:25 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 841.69 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga