4-SINF ODOBNOMA FANIDAN MEHNAT QILISH VA KASB TANLASH HUQUQI MAVZUSIDA DARS TAQDIMOTI Tayyorladi: Xurshidaxon Abdukadirovna Usmonova - Buloqboshi tumani 11-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi. Darsimiz shiori: Mamlakatimiz birinchi Prezidenti ta'kidlaganidek, Agar biz ahil bo'lsa, el - yurt manfaati yo'lida bir tan - u bir jon bo'lib yashasak, o'zimizdan sotqin chiqmasa o'zbek xalqini xech kim xech qachon yengolmaydi. Mavzu: Mehnat qilish va kasb tanlash huquqi Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 37-modda Yangi mavzu Mamlakatimizda har bir inson o'zi xohlagan kasbini tanlashi va shu kasb bo'yicha mehnat qilishi mumkin. Mehnat insonni ulug'laydi, hayotiga ma'no - mazmun bahsh etadi. Halol mehnat qilgan kishi jismonan charchoqni his qilsada, ruhi tetik, kayfiyati chog' bo'ladi. Hayotda qoqilmay, jamiyatga ko'proq naf keltiray degan odam yoshlikdan biron kasb yoki hunarni tanlab, uni mukammal egallashga harakat qilishi kerak. Bobomiz Alisher Navoiy: Umrni zoye o'tkazma, mehnat qil, Mehnat - saodatning kaliti, bil. deya bejiz aytmaganlar Kasb va hunar turlari O'qituvchi, muhandis, dasturchi, kulol, do'ppido'z, fermer, dehqon, misgar, uchuvchi, haydovchi, jurnalist, cho'pon, aktyor, oshpaz, menejer, xattot, nonvoy, tikuvchi, tadbirkor, dizayner, shifokor, arxitektor, rassom va h.k. HUNAR VA HUNAR EGALLASHNING FOYDASI HAQIDA MAQOLLAR Ilmsizga ishonch yo'q, Hunarsizga quvonch yo'q. Yuz hunarni chala bilgandan Bir hunarni to'kis bil. Qunt bilan o'rgan hunar, Hunardan rizqing unar. Hunar oshatar, Mehnat yashnatar. Hunar bo'lsa qo'lingda, Non topilar yo'lingda. Hunari yo'q kishining, Mazasi yo'q ishining. KASBLARNING RANGI QANAQA? Har kasbning o'zgacha, farqli rangi bor. Mana ko'ring nonvoy - oppoq, huddi ...

Joylangan
27 Sep 2022 | 21:37:23
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
827 marta
Ko'chirishlar soni
110 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:33
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
27 Sep 2022 [ 21:37 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.78 MB
Ko'rishlar soni
827 marta
Ko'chirishlar soni
110 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:33 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan