5-sinf Ona tili fanidan Sifatlovchi aniqlovchi mavzuda dars ishlanma

5-sinf Ona tili fanidan Sifatlovchi aniqlovchi mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Ona tili fanidan Sifatlovchi aniqlovchi mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Piskent tumani 5-UO'T maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Dilorom Kamilovaning 5-sinflar uchun ona tili fanidan ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Sifatlovchi aniqlovchi Maqsad: Ta'limiy - o'quvchilarga sifatlovchi aniqlovchi haqida nazariy bilim berish. Tarbiyaviy - o'quvchilarni Ona tabiatga hurmat, uni asrash ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi - o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Kompetensiyaviy - o'quvchilarda Davlat tiliga bo'lgan hurmatni yanada rivojlantirishni uqtirish. Dars turi: noan'anaviy. Dars usuli: Venn diagrammasi, Lug'at diktant, Klaster, Bahs-munozara. Foydalanadigan ko'rgazmali qurollar: slaydlar, tarqatma materiallar, suratlar, darslik, daftar, yozuv taxtasi. Darsning borishi: tashkiliy qism. Salomlashiladi, o'quvchilar darsga tayyorlanadi. Navbatchi axboroti tinglanadi, davomat aniqlanadi. Uy vazifasini tekshirish. Uyga berilgan 154-mashqda sabr, odat, bilim, mehr so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Ularda aniqlovchilardan foydalaning. Tuzilgan gaplar o'qitiladi va tahlil qilinadi. Gaplarni tahlil qilish jarayonida ixtiyoriy o'quvchilar sinf taxtasidagi VENN DIAGRAMMASIda hol va to'ldiruvchini tahlil qilishadi. ularning umumiy va o'ziga xos jihatlari qiyoslanadi. Umumiy jihatlari - 2-darajali bo'lak, fe'lga bog'lanadi. Xususiy jihatlari - so'rog'i, ostiga chizilishi va h.k. Kun shiori. So'z-so'z birikmasi-gap-tahlil. Tarbiyaviy maqsadni keltirib chiqarish. Tovushlardan TABIAT so'zi keltirib chiqariladi va darsning tarbiyaviyaviy maqsadi - tabiatni asrash haqida qisqacha suhbat uyushtiriladi. Lug'at diktant. Huzurbahsh, tabiat, atrof-muhit, ekologiya, ob-havo, hayvonot, muomala, hasharot, xazonrezgi, muammo. Ushbu so'zlar ishtirokida aniqlovchili so'z birikmasi hosil qiling. O'tilgan mavzuni takrorlash. Gap bo'laklari deb nimaga aytiladi? Gap bo'laklari necha turga bo'linadi? Kesim deb nimaga aytiladi? Kesim necha turga bo'linadi? Ot kesim qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? Fe'l kesim qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? Hol deb nimaga aytiladi? To'ldiruvchi deb nimaga aytiladi? Aniqlovchi deb nimaga aytiladi? Aniqlovchi necha turga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 3.54 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 3.54 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga