Mavzu: 2-§. Qadim zamonda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan? Mavzuga oid atama, tayanch tushuncha va nomlar: Tabiat, Yerning modeli, xarita, globus, milod, asr Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: O'quvchilarda inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog'liqligi, qadimgi kishilar bundan 7 ming yil muqaddam Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilganliklari, miloddan avvalgi II asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq hisoblagani haqidagi bilim, ko'nikma va malakalari hosil qilish. b) tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo'lishga, ular bilan haqli ravishda faxrlanishga o'rgatish. c) rivojlantiruvchi maqsad: Mavzuga oid turli ko'rgazmalar (Dunyo tabiiy xaritalari, darslik, 5-sinf o'quv atlasi, 5-sinf yozuvsiz xaritasi, ko'rgazmalar) yordamida mavzuga oid BKM elementlarini yanada rivojlantirish. II. Dars uslubi: An'anaviy, aralash, og'zaki bayon IV. Dars jihozi: Dunyo tabiiy xaritasi, 5-sinf o'quv darsligi, 5-sinf o'quv atlasi. 5-sinf yozuvsiz xaritasi, ko'rgazma va tarqatma materiallar V. Darsning borishi: а) Tashkiliy qism: o'quvchilar bilan salomlashish, ularning davomatini aniqlash. Yangi mavzuni sinf doskasiga yozish b) O'tgan mavzuni takrorlsh. O'tilgan mavzuga oid savollar bilan 1) Geografiya so'zining ma'nosi nima? Javob: Yunoncha ge - Yer, grafo - yozaman degan ma'nolarni bildiradi. Binobarin, Geografiya so'zi Yerni tasvirlab yozaman, Yerning tasviri degan ma'nolarni anglatadi. 2. Geografiya qanday yo'nalishlarga bo'linadi? Javob: Geografiya fani rivojlanib borgan sari unda ikkita asosiy yo'nalish: tabiiy geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya vujudga keldi. Abu Rayhon Beruniyning dunyo xaritasi Yangi mavzu bayoni Inson hayoti tabiat bilan bog'liq bo'lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o'zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni ...

Joylangan
04 Oct 2022 | 01:18:42
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
3.93 MB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:36
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
04 Oct 2022 [ 01:18 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
3.93 MB
Ko'rishlar soni
236 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:36 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan