4-sinf Tasviriy san'at Sport o'yinlari mavzusida rasm ishlash dars ishlanma

4-sinf Tasviriy san'at Sport o'yinlari mavzusida rasm ishlash dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf Tasviriy san'at Sport o'yinlari mavzusida rasm ishlash dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Mavzu: Sport o'yinlari mavzusida rasm ishlash. Maqsad: Ta'limiy: O'quvchilarga sport o'yinlarining turlari haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: Ularda sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish . Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning qalam bilan ishlah malakalarini rivojlantirish. Kommunikativ kompetensiya: muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: o'qib-o'rganish orqali bilimini oshirib borish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o'quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: san'at asarlarini tahlil qilish. O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat, amaliy. Dars jihozi: rasm daftari, oddiy qora qalam va bo'yoqlar, o'chirg'ich, sportchilar va sport turlari aks ettirilgan rasmlar . Darsning borishi: I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O'quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: O'quvchilarning ishlarini ko'rib chiqish ,izohlah va baholash. II. Yangi mavzu bayoni. Dars bolalarga sport va jismoniy tarbiyaning kishilar hayotidagi roli, sport o'yinlarining turlari va o'ziga xos xususiyatlari haqida suhbat bilan boshlanadi. Bunda sport o'yinlarining voleybol, gandbol, kroket, futbol, xokkey, basketbol, badminton, stol tennisi va boshqa bir qator turlari borligi qayd qilinadi. Sport turlariga oid rasmlar, fotosuratlar o'quvchilarga namoyish qilinadi. Suhbat davomida o'quvchilarning eng sevimli o'yinlariga doir fotosuratlar tahlil qilinadi. O'qituvchi asar mazmuniga doir bir qator savollar bilan bolalarga murojaat qiladi. Masalan, rasmda qanday voqea tasvirlangani Voqea qaerda sodir bo'lyapti? Voqea yilning qaysi faslida ro'y beryapti? Voqea kunning qaysi vaqtida ro'y beryapti? Suratda kimlar tasvirlangan? Bolalar futbol o'ynashyaptimi yoki shunchaki darvozaga to'p tepishyaptimi? Nega darvozabon engashgan holatda turibdi va hokazo. Bolalarning bu savollariga bergan javobini o'qituvchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 248.44 KB
Ko'rishlar soni 334 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 248.44 KB
Ko'rishlar soni 334 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga