Sana: Mavzu: Vertolyot yordamga keldi mavzusida rasm ishlash. Maqsad: Ta'limiy: O'quvchilarga aviatsiya va uning kishilar hayotida tutgan o'rni haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy: Ularda tabiatga bo'lgan to'g'ri munosabatni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va grafik malakalarini rivojlantirish. Kommunikativ kompetensiya: muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: o'qib-o'rganish orqali bilimini oshirib borish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o'quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: san'at asarlarini tahlil qilish. O'tish usuli: Tushuntirish , suhbat, amaliy. Dars jihozi: rasm daftari, oddiy qora qalam va bo'yoqlar, o'chirg'ich, mavzuga mos ravishda tasvirlangan rasmlar . Darsning borishi: I. Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O'quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: O'quvchilarning ishlarini ko'rib chiqish, izohlah va baholash. II. Yangi mavzu bayoni. O'qituvchi darsni aviatsiya sohasiga oid savollar berish bilan boshlaydi: 1.Bolalar, siz qanday samolyotlarni bilasiz? 2.Ular qanday vazifani bajaradi? 3.Vertolyotning samolyotdan qanday farqi bor? 5.Vertolyotlardan qanday maqsadlarda foydapaniladi? 6.Uning tashqi ko'rinishi qanday? va hokazo. Shundan keyin o'qituvchi javoblarni umumlashtirib ularning diqqat-e'tiborini vertolyot modeliga qaratadi. Bunda u vertolyotni tez aylanayotgan parraklari doira shaklini hosil qilishi, samolyotlar qo'na olmaydigan joylarga vertolyotda yuklar, passajirlar tashilishi haqida to'xtalib o'tadi. Darsda rassomlarning dars temasiga taalluqli bo'lgan asarlarining reproduktsiyalarini ko'rsatish ham foydadan holi emas. Darsning tushuntirish qismi tugagach bolalar mustaqil ishga kirishadilar. Rasm bo'yoqda ishlanadigan bo'lsa avval rasm kompozitsiyasining qalamtasviri chizib olinadi, so'ngra bo'yoqda ishlashga o'tiladi. IV.Darsni mustahkamlash: O'quvchilar mustaqil ishlaydilar,qiynalayotgan o'quvchilarga yordam berib boriladi. Rasm ishlab bo'lingandan ...

Joylangan
04 Oct 2022 | 01:57:47
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
doc
Fayl hajmi
485 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:33
O'zgarish: doc fayl yangilangan
Joylangan
04 Oct 2022 [ 01:57 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
doc
Fayl hajmi
485 KB
Ko'rishlar soni
197 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:33 ]
O'zgarish: doc fayl yangilangan