3-sinf O'qish fanidan Bobongiz xafa bo'lsalar maylimi mavzuda dars ishlanma

3-sinf O'qish fanidan Bobongiz xafa bo'lsalar maylimi mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf O'qish fanidan Bobongiz xafa bo'lsalar maylimi mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

SANA-- -dars Mavzu: BOBONGIZ XAFA BO'LSALAR MAYLIMI? Mirzakalon Ismoiliy Darsning maqsadlari: a) ta'limiy maqsad: matn mazmuni bilan tanishtirish. b) tarbiyaviy maqsad: saranjom- sarishtalikka o'rgatish, kattalarga hurmat tuyg'usini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: matn mazmunini og'zaki hikoya qilishga o'rgatish. Darsning jihozi: savollar yozilgan kartochkalar. Darsning uslubi: suhbat, savol- javob. Darsning borishi: I. tashkiliy qism: Salomlashish; Davomatni aniqlash; Darsga tayyorgarlik ko'rish; Darsning maqsadini aytish. II. O'tgan mavzuni so'rash va mustahkamlash. Mavzu mazmunini 3-4 o'quvchiga hikoya qildiraman. Matn yuzasidan savol- javob o'tkazaman: Mirjalol Qosimov qachon, qayerda tug'ildi? Otasi uni nima uchun Chig'atoy futbol maktabiga olib bordi? 3. Yosh Mirjalolning hayotida qanday kunlar boshlandi? 4. Nima uchun Mirjalol dars tayyorlashni unutmasdi? 5. Mirjalol Qosimovga qanday unvon berilgan? U qanday me'dal bilan mukofotlangan? II. Yangi mavzu bayoni. Matnni darslikdan ifodali o'qib beraman: Ravshanjonning bobosi hamma ishga chechanlar. U kishining qo'llari gul deyishadi. Yer chopishmi, ariq olishmi, devor suvashmi, taxta randalashmi - hammasini havas bilan qiladilar. Asboblarini aytmaysizmi? Juda ko'pki, sanagan bilan ado bo'lmaydi. Ketmon deysizmi, belkurak deysizmi, qo'larra, oybolta, tesha, gulqaychi, randa, andava Bu asboblarni o'zlari ishlatadilar. Ketmon bilan yer chopadilar. Belkurak bilan daraxtlarning tagini yumshatadilar. Oybolta, qo'larra, tesha bilan daraxtlarning qing'ir-qiyshiq o'sgan shoxlarini kallaklay- dilar. Randa bilan taxta randalaydilar, andava bilan devor suvaydilar. Shunisi qiziqki, u kishi ishlari ko'p bo'lsa ham shoshilmaydilar. Avval bitta ishni chiroyli qilib bajaradilar. Keyin boshqa ishga qo'l uradilar. Innaykeyin, asboblarini ishlatgan joylarida tashlab ketmaydilar. Ularni tozalab, joy-joyiga keltirib qo'yadilar. Ravshan bo'lsa bunaqa qilmaydi. U ishni qilsa, bu ish qolib ketadi. Asboblarni yig'ishtirib qo'ymaydi. Ishlatgan yerida qoldirib ketaveradi. Avvaliga bobosi nevaram o'zi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 357 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 21.9 KB
Ko'rishlar soni 357 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga