3-sinf O'qish fanidan Unutilmas bayram mavzuda dars ishlanma

3-sinf O'qish fanidan Unutilmas bayram mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf O'qish fanidan Unutilmas bayram mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Unutilmas bayram. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsadi: O'quvchilarni Unutilmas bayramhikoyasi bilan tanishtirish bayramning ahamiyati haqidagi ma'lumotlarni berish. O'quvchilarda to'g'ri va ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirish. Fanga doir kompetensiya 2: Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi. Tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilar qalbida imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan mehr uyg'otish, ularga ko'maklashish, mehribonlik ko'rsatish hissini shakllantirish. Ko'cha harakati qoidalariga rioya qilishni o'rgatish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ekologik tarbiya berish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: Umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlash va amal qilish. Rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarda tartib intizomga rioya qilish, bir- birlarini qo'llash, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Fanga doir kompetensiya 2: Badiiy asarning mazmunidan ta'sirlana olish kompetensiyasi. Darsning jihozi: Kompyuter, slaydlar, didaktik tarqatma materiallar, videoroliklar, multmediyali ilova. Darsda foydalanilgan texnologiya: Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi, Kichik guruhlarda ishlashusuli. Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni beruvchi. Dars metodi: Nima uchun sxemasi metodidan foydalanish. Dars uslubi: Savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, Aqliy hujum usuli, Zanjir usulida o'qitish, Matnni joyini top o'yinidan foydalanish. Darsning texnologik xaritasi. 1-bosqich. tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashib, davomat olinadi, sinf jurnali to'ldiriladi. Siyosiy daqiqalar o'tkazish. 2-bosqich. Takrorlash. O'quvchilar guruhlarga ajratiladi. Guruh: Bilimdonlar guruhi. Guruh: Zukkolar guruhi. Guruh: Topqirlar guruhi. O'tilgan darslarni takrorlash uchun o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi: 1-savol: O'zbek tilimizga davlat tili maqomi berilganiga necha yil to'ldi? Javob: 30 yil. 1-savol: O'zbek tili haqida nimalarni bilasiz? Javob: Ona tilimiz juda boy tildir. Bu tilda bobomiz Navoiy birinchi bo'lib she'rlar yozganlar. Ona tilimizni onamiz kabi sevamiz va ardoqlaymiz. Topshiriq: Maqoldagi tushirib qoldirilgan so'zni joyiga qo'yish musobaqasi o'tkaziladi. Topshiriq: Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqadi va o'tilgan darsdagi Ona tilim she'rini yoddan o'qib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 10.08 MB
Ko'rishlar soni 306 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 10.08 MB
Ko'rishlar soni 306 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga