Qashqadaryo viloyati G'uzor tuman XTBga qarashli 47-umumiy o'rta maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi RAHIMOVA QIRMIZning o'qish (4-sinf) fani uchun tayyorlagan 1- soatlik dars ishlanmasi MAVZU: 4-SINF Dars mavzusi: Erkacholning o'rigi. Darsning maqsadi: ta'limiy maqsad: hikoya orqali o'quvchilarga o'rik daraxti, uning navlari va ahamiyati haqida ekologik bilimlar berish; tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda ona tabiatga, butun o'simliklar va hayvonlar dunyosiga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash; rivojlantiruvchi maqsad: ularda mehnatsevarlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik tuyg'ularini rivojlantirish, ekologik madaniyatini yuksaltirish. Darsda qo'llaniladigan metodlar: Muzyorar o'yini, Zig-zag strategiyasi. Dars shakli: suhbat-ma'ruza, savol-javob. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida. Darsda qo'llaniladigan vositalar: O'rik daraxti, uning mevasi tasvirlangan rasmlar, ekologik muammolar tasviri tushirilgan kartinkalar. Darsning borishi: tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzu: Habib Rahmatning Jala darakchisi she'ri. Takrorlashga oid savollar: 1.Shoir momaqaldiroqni nimaga o'xshatdi? 2. Qaysi faslda momaqaldiroq gumburlaydi? U nimadan darak beradi? 3.Bahorda tabiatda yana qanday hodisalar yuz beradi? Bundan tashqari o'qituvchi momaqaldiroq va jala haqida bolalarga ensiklopedik ma'lumot bersa ham bo'ladi. VII.Yangi mavzu bayoni. a)Muzyorar o'yini (qizdiruvchi faoliyatga jalb qiluvchi mashq) - o'quvchilarning o'zaro tanishishi va ichki muhit yaratishi maqsadida qo'llaniladigan mashq. Mashqning vazifasi - o'quvchilarni muloqotga chorlash (muzni yorish). Bu o'yin - o'quv xonasidagi ruhiy taranglikni yengish, guruhning shakllanish jarayonini tezlatish, muloqot va axborot almashinuvini yo'lga qo'yish, shuningdek samimiylik va hamkorlik muhitini yaratishga yordam beradi. Muzyorar barcha ishtirokchilarni jarayonga muvaffaqiyatli jalb qiladi va treningning yo'nalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'yin savoli: Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim bo'lishi aniq bo'lganda ham ulgursangiz ekib qo'yavering. (Hadisdan) Ushbu hadisdan ...

Joylangan
04 Oct 2022 | 17:38:40
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
43.86 KB
Ko'rishlar soni
664 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
04 Oct 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
43.86 KB
Ko'rishlar soni
664 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan