O'qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun. Metod: izohli o'qish metodi, didaktik o'yin, muommoli izlanish, interaktiv metodlar. Darsning maqsad va vazifalari Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini takomil-lashtirish, lug'at boyligini oshirish. Tarbiyaviy: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga uni qadrlashga o'rgatish. Prezidentimizning Bolalar - bizning kelajagimiz gapining ma'nosini anglashlariga erishish. Rivojlantiruvchi: to'g'ri, ongli, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish. TK:Ijtimoiy faolfuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo'layotgan voqea,hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish. FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to'liq yoki qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og'zaki bayon qila oladi; Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o'rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o'qituvchi yordamida ularga baho bera oladi,asar mazmunidan ta'sirlana oladi; o'qilgan asardagi savollarga javob bera oladi. Darsning jihozi: darslik, mavzuga mos rasmlar, AKT Darsning borishi: I.tashkiliy qism: Darsning borishi: I. tashkiliy qism: (5 daqiqa) a) O'quvchilar bilan salomlashish; b) Darsga o'quvchilarni tayyorlash; c) Davomatni aniqlash; II. O'tgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa). a) O'quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi. b) Tezkor savollar: Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar: 1. Istiqlol va Mustaqillik so'zlarining ma'nosini bilasizmi? 2. Mustaqillikka qachon erishdik? 3. Mustaqillik to'g'risida nimalarni bilasiz? 4. Davlatimiz Prezidenti kim? O'quvchilar savollarga javob berib, darsga ruhan tayyorlanadilar. Kartadan O'zbekiston chegarasi ko'rsatiladi. 1991 yil 31 avgustdan e'tiboran O'zbekiston tarixida yangi davr boshlandi.Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. Mustaqillik tinch, demokratik, parlament yo'li bilan qurbonlarsiz, umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma'qullandi. ...

Joylangan
04 Oct 2022 | 17:38:40
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
543.37 KB
Ko'rishlar soni
591 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
04 Oct 2022 [ 17:38 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
543.37 KB
Ko'rishlar soni
591 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx, docx