4-sinf O'qish fanidan Qish to'zg'itar momiq par mavzusida dars ishlanma

4-sinf O'qish fanidan Qish to'zg'itar momiq par mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf O'qish fanidan Qish to'zg'itar momiq par mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: Mavzu:. Qish to'zg'itar momiq par. Qudrat Hikmat. Darsning maqsadi: 1.O'quvchilarni she'rni ifodali o'qishga, she'r matni ustida ishlashga o'rgatish; shoirning qishning xususiyatlarini she'r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib berish; o'quvchilarning qishning xususiyatlari, qorning hayot uchun foydasi haqidagi tushunchalarini boyitish. 2.O'quvchilarning lug'atiga bulut to'shagi, momiq par, oq narnat (qor), izg'irin, hovuz, mo'rkom, surunkasi, fayz bermoq, oq choyshab kabi so'z va ibora, tasviriy ifodalarni kiritish. 3.O'quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatla-rini oshirish. 4.Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o'rgatish. Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, lirik she'r o'rganiladigan dars. Darsning metodi. Izohli o'qish, mustaqil ish metodi, tarmoqlash metodi. Darsning jihozi. Qish fasli tasvirlangan rasmlar. Q.Hikmat por-treti, shoir haqidagi ma'lumotlar. Darsning borishi.I.tashkiliy qism.davomatni aniqlash. II.O'tilgan mavzu yuzasidan suhbat. II.Yangi mavzu bayoni: O'quvchilarda yangi mavzuni o'rganishga qiziqish uyg'otish, topishmoq aytish yo'li bilan bugungi darsning mavzusini aniqlashti-rish: Oppoqqina dasturxon Yer yuzini qoplagan. (Qor) Bostirdim ikki tovuq, Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish) Savol: Bugungi o'qish darsimiz qaysi mavzu haqida ekan? 2. Qish fasli haqida kirish suhbati. Doskaga qish fasli tasvirlan-gan rasmlar ilinadi. Savollar. - Yil qaysi fasl bilan boshlanadi? - Qish fasli haqida nimalarni bilasiz? Rasmlardan foydalanib so'zlang. - Qish bekorchilik faslimi? -Qor haqidagi afsonani bilasizmi? Afsona qisqa so'zlab beriladi: Qadimda osmondan un yog'ilar ekan. Odamlar o'z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko'z boy unlarni o'ziga keragidan ham ortig'ini qoplab o'z uy-iga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O'z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. Shunda osmon-u qish va bulutlarning jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo'yishibdi. Savol: Tabiatda ranglar har xil. Siz ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 273.65 KB
Ko'rishlar soni 814 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:32 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 273.65 KB
Ko'rishlar soni 814 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga