TOSHKENT VILOYATI PISKENT SHAHAR 1 - UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI BURIYEVA MUNIRA O'QISH FANI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA ERTAK JANRINI O'RGATISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI MAVZUSIGA ISHLAGAN SLAYDI Bolalar tarbiyasida ertaklarning roli va ahamiyati Xalq og'zaki poetik ijodidagi eng boy va rang - barang janrlardan biri ertakdir.Xalq tomonidan yaratilgan ko'plab ertaklarda bolalarning o'ziga xos hayoti chetlab o'tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko'p maxsus ertaklar yaratilgan. Qadimgi kishilarning tasavvurlari natijasida paydo bo'lgan afsonalarning zamirida dastlabki ertaklar paydo bo'lgan. Asrlar o'tishi bilan, kishilarning ongi o'sishi, jamiyatdagi voqea-hodisalar, odamlarning o'zaro muomala-munosabatlari zamirida ertaklar tobora hayotga yaqinlashtirilgan. Keyinchalik esa aniq maqsad va yo'nalishlar zamirida ertaklar yaratilgan va ularning yaratilishidan asosiy maqsad, shunchaki qiziqarli voqealar bayoni emas, balki maslahat va yo'nalishlar bera olish , ibrat va namuna ko'rsatishga aylangan. Mahmud Qoshg'ariy ertaklar haqida shunday degan: Ertaklar doston va afsonalarning qisqargan, mazmunigina saqlanib qolgan variantlari tarzida ko'rgan. Ertaklar mavzu va mazmuniga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: Hayvonlar haqidagi ertaklar. Xayoliy-fantastik ertaklar. Hayotiy-maishiy ertaklar. Hajviy ertaklar. Hayvonlar haqidagi ertaklar Hayvonlar haqidagi ertaklar deganda, asosan, to'rt oyoqli hayvonlarni tushunishimiz to'g'ri emas. Chunki, hayvon so'zi tirik degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun, barcha jonzotlarni hayvon deb atashimiz mumkin. Xalq ertaklarida chumolidan tortib filgacha, xatto undan katta hayvonlar ham ishtirok etadilar. Hayvonlar haqidagi ertaklarda ham boshqa turdagi ertaklar singari inson muammolari bilan bog'liq barcha masalalarni ko'rishimiz mumkin. Sehrli - fantastik ertaklar. Sehrli - fantastik ertaklar ming yillar davomida insoniyatning ezgu va shirin xayollari, turli yovuz kuchlarga qarshi olib borgan kutashlari davomidagi xulosalar, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o'ziga xos yechimi sifatida ...

Joylangan
05 Oct 2022 | 23:16:15
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:25
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
05 Oct 2022 [ 23:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:25 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan