2-sinf o'qish fanidan bir soatlik dars ishlanma Mavzu: Nima eksang, shuni o'rasan. Shorasul Zunnun. Maqsad: a) Ta'limiy: Mavzuni tushuntirish,og'zaki va yozma nutqini o'stirish. b) Tarbiyaviy: Yaxshi amallarni ko'proq qilish, iloji boricha hammaga yahshilik qilishga orgatish. d) Rivojlantiruvchi: Bilim, ko'nikma, malakalarini rivojlantirish. Uslub:B.B.Bx jadvali, savol-javob. Jihoz: Darslik, ko'rgazmalar, tarqatmalar. Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o'yin. Kompetentsiyalar: Kommunikativ, milliy va umummadaniy. Darsning borishi. Darsning shiori: Yaxshilikni har kun, har kimga qil. Dars taqsimoti: 1.tashkiliy qism- 3-daqiqa. 2.O'tilgan mavzu- 10-daqiqa. 3.Yangi mavzu bayoni- 8-daqiqa. 4.Mustahkamlash - 22-daqiqa. 5.Uyga vazifa berish, baholash - 2-daqiqa. O'qituvchi: Salomlashadi. Boshni fido ayla ato qoshig'a, Jismni qil sadqa ano boshig'a. Kun tuningni aylagali nur fosh, Birisin oy angla birisin quyosh. Bu misralar kimga tegishli? Oquvchi: Alisher Navoiy bobomizga. Bu yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy bobomiz tavallud topganiga 578 yil to'ladi. O'qituvchi: Alisher Navoiy bobomiz ham, ota- onalarimizni qanchalik xurmat qilishimiz kerakligini aytmoqda. Bugungi sana, oyning nomini, yilning nomlanishini kim aytadi? Oquvchi: Sanani aytadi, bu yilni prezidentimiz Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb nomladi. O'qituvchi: Bugungi darsimizning shiori: Yaxshilikni har kun, har kimga qil Navbatchi axboroti tinglanadi. Oquvchi: Sinfda jami 29ta o'quvchi bo'lib, ularning 17tasini qizlar tashkil qiladi. Hammasi darsga tayyor. O'qituvchi: Darsdagi ishtirokingiz uchun quyidagicha rag'bat kartochkalari beriladi. Ular quyidagicha: O'qituvchi: Darsimizni shiorini Yaxshilikni har kun, har kimga qil deb nomladik, bu so'zlarni ma'nosini aytingchi? 1-O'quvchi: Yaxshi amallarni bajarish, yaxshiliklarni qilish kerak. 2-O'quvchi: Odamlarga yaxshilik qil, qilgan yaxshiliklaring u odamdan qaytmasa, boshqa birovdan qaytadi deydi bobom. O'quvchilar fikri tinglanadi. O'qituvchi: O'quvchilar darsimizda turli xil didaktik ...

Joylangan
05 Oct 2022 | 23:16:15
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
29.89 KB
Ko'rishlar soni
272 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:25
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
05 Oct 2022 [ 23:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
29.89 KB
Ko'rishlar soni
272 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:25 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan