2-sinf O'qish fanidan Qorqiz mavzusida dars ishlanma

2-sinf O'qish fanidan Qorqiz mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
2-sinf O'qish fanidan Qorqiz mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

2-sinf. O'qish. Mavzu: Qorqiz Anvar Obidjon. Darsning maqsadi: ta'limiy: o'quvchilarni Anvar Obidjonning Qorqiz she'ri bilan tanishtirish.Mavzuga mos maqol, topishmoqlarni o'rgatish. FK1: maqol, topishmoq va she'riy matnlarni tinglab tushuna oladi; to'g'ri o'qiy oladi; Tarbiyaviy: o'quvchilarni tabiatni sevishga, asrashga o'rgatish.Salomatligiga g'amxo'rlik qilish hissini tarbiyalash. TK4: jamoada va guruhlarda faol ishtirok eta oladi,o'zining o'quvchilik burchi va vazifalarini hamda unga rioya qilish; Rivojlantiruvchi: o'quvchilarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish, to'g'ri, ongli, sidirg'a qilib o'qiy olish ko'nikmalarini rivojlantirish. Qishda tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish. FK2: matindagi so'z va so'z birikmalarining ma'nolarini hamda gaplarni tushuna oladi. Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars metodi: suhbat, ifodali o'qish, tushuntirish ,muammoli izlanish, ko'rgazmaliylik, Mozayika metodi, Topog'on didaktik o'yini. Dars jihozi: shoirlarning rasmlari; AKT; qish fasli tasvirlangan rasm plakatlar, maqol, topishmoq yozilgan qog'ozlar. Darsning borishi tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash. Dasrga o'quvchilarning tayyorgarligini tekshirish. Ma' naviyat daqiqasi. Qorqiz tashrif buyuradi va bolalar bilan salomlashadi. Salom aziz bolalar Ochilgan gul -lolalar. Men keldim mehmon bo'lib Oshib qir-u, dalalar. O'quvchilar: - xush kelibsan marhabo. Qorqiz: -aziz bolajonlar men sizning bilimingizni sinab ko'rmoqchiman. Tayyormisiz? O'quvchilar: - ha. Qorqiz savol beradi. 1.Qish fasli qaysi oydan boshlanadi? 2.Yangi yil qaysi oydan boshlanadi? 3. Qish faslida qanday bayramlar bo'ladi? 4. Qish haqida maqollar bilasizmi? Oqituvchi: Qorqizjon bolalarim senga yoqdimi?( -ha) Unday bo'lsa bizning aziz mehmonimiz bo'l. ( Rahmat) O'qituvchi: aziz o'quvchilar bugun darsimizda Qorqiz mehmon bo'lgani uchun va u o'z uyida o'tirgandek his qilishi uchun guruhlar birgalikda archamizni bezatamiz. (har bir guruhga archa o'yinchoqlari bir hil miqdorda tarqatiladi. Dars so'ngida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 236.04 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:25 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 236.04 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga