Fan: O'qish Sinf: 2 -sinf Mavzu: «Yil fasllari» Vaqt: 45 daqiqa Dars nomi: Har faslning o'z fazilati Maqsad: O'quvchilarda bir-birlarini eshitish va o'zaro tushunish ko'nikmalarini shakllantirish, og'zaki nutqini o'stirish; O'quvchilarga yil fasllari haqida tushuncha berish Yil fasllarida tabiatni o'zgarishini, ular orasidabog'liqlikni his etish va tushunish. Jihozlar: A-3 qog'oz - 4ta, rangli qalamlar pachkasi - 4 ta, skotch Jarayon: 1-bosqich. 5 daqiqa. O'qituvchi o'quvchilarga o'tgan dars yuzasidan 4-5 ta savol berib, o'tgan darsni mustahkamlaydi. 2- bosqich: 5 daqiqa O'quvchilar doira shaklida turib fasllarning o'ziga xos xususiyatlari haqida bittadan gap aytadilar. 3 -bosqich:- 5 daqiqa. O'qituvchi sinfni 5-6 kishilik guruhga bo'ladi va 4 fasldan birini aks ettiruvchi rasm chizish topshiriladi. Bu bosqichda barcha guruh a'zolari kelishib olib har bir bola mavzuga taalluqli nimalardir chizishlari ta'kidlab o'tiladi, bunda bolalar shu faslda hayvonlar, o'simliklar, odamlar hayotiga e'tibor berishlari kerakligi aytiladi. 4-bosqich: Rasm soat strelkasi bo'yicha guruhlarda almashtiriladi. Keyingi guruhlar rasmga o'z to'ldirishlarini kiritadilar. Bu ish rasmlar dastlabki guruhlarga qaytguncha davom etadi. 5 - bosqich: 5 daqiqa Har bir guruh o'z rejasi bo'yicha rasmga yana nimalar kiritish kerakli haqida o'ylab ko'rib, to'ldirishlar kiritadi va muhokama qiladi. 6 - bosqich: 5 daqiqa Guruhlar o'z rasmlarini taqdimot qiladilar. Muhokama: 1. Rasm chizganda qiyinchiliklar bo'ldimi? Nima uchun? 2.Rasm chizganda nimalarga e'tibor berdingiz? Yil fasllari o'rtasida qandaybog'liqlik bor? Guruhlar chizgan rasmlardan bita yaxlit hikoya tuzish mumkinmi? Agar mumkin bo'lsa u holda rasmlar qay tartibda joylashtiriladi? Fasllarda ob-havoda qanday o'zgarishlar bo'lar ekan? Nima deb o'ylaysiz, yil fasllar nimaga o'zgarar ekan? Agar fasllar o'rni almashib qolsa, yoki fasllardan biri bo'lmasa, sizningcha ...

Joylangan
06 Oct 2022 | 20:41:22
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
842.23 KB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
122 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:25
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
06 Oct 2022 [ 20:41 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
842.23 KB
Ko'rishlar soni
383 marta
Ko'chirishlar soni
122 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:25 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan