1-sinf Ona tili va o'qish Yerning yo'ldoshi matni dars taqdimot

1-sinf Ona tili va o'qish Yerning yo'ldoshi matni dars taqdimot

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Ona tili va o'qish Yerning yo'ldoshi matni dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Oy Yerdan kattami? 42-dars Yerning yo'ldoshi Oy har doim Yerning atrofida aylanib turadi. Go'yo Yerimiz uni ko'rinmas arqon bilan tutib turadigandek. Bu ko'rinmas arqon aslida tortishish kuchi deb ataladi. Magnit temir bo'lagini o'ziga tortgandek Yer ham Oyni tor- tib turadi. Qo'rqmang, u Yer- ga qulab tushmaydi. Sababi Oy katta tezlikda uchadi. Fizika qonunlari shunaqa, bu haqda yuqori sinflarda bilib olasiz. Oy - Yerning tabiiy yo'ldoshi. U Yerdan ancha kichkina. Agar Yerimizni katta bir qop deb tasavvur qilsak, bu qopning ichiga 50 ta Oy joylashadi. Oy bizning sayyoradan unchalik uzoqda emas. Zamonaviy fazo kemalari Oyga bir kunda yetib boradi. 1969-yili amerikalik fazogirlar Nil Armstrong va Baz Oldrin Apollon 11 kemasida Oyga uchib borishgan. Fazogirlar Oy sathida bir kun qolib, so'ng yana Yerga qaytishgan. Mening galaktikam kitobidan Savollarga javob bering. 1. Nega Oyni Yerning yo'ldoshi deb ataymiz? 2.Tabiiy yo'ldoshning sun'iy yo'ldoshdan farqi nima? Savollarga javob bering. 4. Yo'l + dosh, parta + dosh, sinf + dosh so'zlari nimasi bilan bir-biriga o'xshaydi? 3. Yo'ldosh so'zining ma'nosini bilasizmi? Savollarga javob bering. 5. Agar fazogir bo'lga-ningizda, qaysi sayyoralarga uchgan bo'lar edingiz? Yerning yo'ldoshi matnidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarni yozing. Harflar birikmasining tagiga chizing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni bo'g'inlab, chiziqcha bilan yozing Namuna: Tor-ti-shish, qo'rq-mang, , Bugungi dars haqida oila a'zolaringiz bilan suhbatlashing ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 6.76 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:23 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 6.76 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga