Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning Abdulla Oripov mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI Abdulla Oripov ABDULLA ORIPOV - EL SUYGAN ADIB 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. 1958-1963 yillarda O'rta Osiyo davlat universitetida o'qigan. 1983 yili O'zbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi. 1996-2009 yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo'lib ishlagan. 1998 yili O'zbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan. 2015 yili Italiya yulduzi xalqaro ordeni bilan taqdirlangan. Abdulla Oripov - otashin publitsist. Ijodkorning publitsistik maqolalari hamda suhbatlarida Vatan va millatning buguni, istiqboli bilan bog'liq dolzarb muammolar yechimiga doir qimmatli fikrlari yoritilgan. Xalqimizning murakkab va shonli kechmishi, milliy istiqlol qadri, mustaqillikni mustahkamlash, barcha jabhalardagi islohotlar mohiyati, shaxs va jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish singari muhim masalalar ijodkor publitsistikasi bosh mavzularini tashkil etadi. Abdulla Oripov XX va XXI asrlar o'zbek she'riyatining fenomenal namoyandasi edi. Adabiyotga nurli istiqbolidan darak bergan Mitti yulduz (1965) to'plami bilan kirib kelgan shoirning hayoti davomida Onajon, O'zbekiston, Yurtim shamoli, Najot qal'asi, Hakim va ajal, Jannatga yo'l, Surat va siyrat, Yillar armoni, Sen bahorni sog'inmadingmi, Munojot, Haj daftari. Hikmat sadolari, Mustaqillik qo'shig'i, Shoir yuragi, Ezgulik, Umr manzillari, Everest va ummon, Sohibqiron, Ishq sahrosi kabi ellikdan ortiq to'plamlari chop etilgan. Abdulla Oripovning Hakim va ajal, Jannatga yo'l, Ranjkom, Sohibqiron va Istiqlol manzaralari dostonlari shoirning yirik badiiy polotnolar yaratish bobida ham ulkan salohiyatga ega ijodkor ekani dalilidir. U nafaqat ijodkor, balki davlat arbobi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning qonuniy ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.89 MB
Ko'rishlar soni
754 marta
Ko'chirishlar soni
155 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
13.89 MB
Ko'rishlar soni
754 marta
Ko'chirishlar soni
155 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx