Mavzu: Mirtemir hayoti va ijodi Reja: 1. Mirtemir hayoti 2. Mirtemir ijodi 3. Mirtemir asarlari haqida Mirtemir (1910-1978) Mirtemir (Tursunov Mirtemir) 1910 yil 30 mayda Turkiston shahrining Iqon qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta'lim olgach (1919-20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920-23) va O'zbek yerlar bilim yurtida taxsil ko'rgan (1925- 29). Ilk she'rlar to'plami - «Shu'lalar qo'ynida» (1928) milliy o'zbek she'riyati uchun yangi janr - sochma (nasriy she'r) janrida yozilgan. «Zafar» (1929), «Qaynashlarim» va «Bong» (1932) she'riy to'plamlari muallifi. «Barot» (1930), «Xidir» (1932), «Dilkusho», «Suv qizi» (1937), «Oysanamning to'yida» (1938), «Ko'zi» (1939) kabi dostonlar yozgan. «Qoraqalpok, daftari» (1957) turkumidan o'rin olgan «Surat» lirik qissasi esa 60-70-yillarda o'zbek she'riyatida doston janriga e'tiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta ta'sir ko'rsatgan. A. S. Pushkinning she'rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo'lbars terisini yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda kirg'iz xalq, eposi «Manas»ni o'zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti (1979), Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat mukofoti (1977) laureati. 1978 yil 25 yanvarda Toshkentda vafot etgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni soxibi (2002). Adabiyotlar Mirvaliev S. O'zbek adiblari. -T.: Yozuvchi, 200. Karimov N. va boshqalar 20 asr o'zbek adabiyoti tarixi. -T.: O'qituvchi, 199. Azizov Q. Mirtemir. Toshkent, G'. G'ulom nomidagi O'dabiyot va san'at nashriyoti, 1969. Halilov T. Mirtemir mahorati. Toshkent, G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1980. G'afurov I. Ona yurt kuychisi. Toshkent, G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1970. Foydalanilgan adabiyotlar O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Qashqadaryo ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
16.42 MB
Ko'rishlar soni
934 marta
Ko'chirishlar soni
345 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
16.42 MB
Ko'rishlar soni
934 marta
Ko'chirishlar soni
345 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx, docx