Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning 5-sinflarda Anvar Obidjon hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog'ida 1947- yilning 8-yanvarida tug'ilgan. Anvar Obidjonning shoirlik faoliyati maktab davridanoq boshlangan. 6- sinfdaligidayoq G'uncha jurnalida uning Shkafcham nomli birinchi she'ri chop etiladi. Anvar Obidjon hozirgi O'zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo'lim mudiri bo'lib ishlagan. Cho'lpon nashriyotida bosh muharrir,direktor lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. Anvar Obidjonning Ona yer (1974), Ey, yorug' dunyo, Ketmagil, Bezgakshamol bola(1986), Akang qarag'ay Gulmat, Alamazon va Gulmat hangomasi, Meshpolvonning janglari(1994), Alisher va o'g'ri (1996), Bulbulning cho'pchaklari, Odobli bo'lish osonmi? (2001), Bezgakshamol - 2 (2003) kabi qator to'plamlari chop etilgan. Anvar Obidjon o'zbek bolalar adabiyotida o'ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri sanaladi.Bu ko'proq uning turli buyumlar, jonzot, o'simliklar haqida yaratgan asarlarida ko'zga tashlanadi. G'azal janrida yaratilgan Bulbulning salomnmalarishe'ri o'zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo'ldi. Bu asarda turli xil hayvonlarning o'ziga xos qirralari ochib beriladi. Masalan, qo'rqoq Quyon, do'stsiz Chayon, arg'amchidek buralib yuradi Ilon, tun-u kun yer qazidi Yumron, buularning hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarni tabiat olamiga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o'n chandon oshirishga erishgan. QO'ZICHOQQA XAT Seni eslab Yuribman. Tushimda ham Ko'ribman. Unutmayman Hech qachon Salom bilan: BO'RIJON! Kabutarlar Kabutar yoki kaptarni Guli-guli, beh-beh, deb chaqirishadi. Kisht deb haydashadi. Qo'noqdagi kabutarlarni osmonga uchirish uchun qarsak uriladi. Ular balandga ko'tarilganida, keskin-keskin hushtak chalib turilsa, o'ynoqilari havoda umbaloq osha boshlaydi. Kabutarning jo'jasi polapon deyiladi Kabutar ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.1 MB
Ko'rishlar soni
852 marta
Ko'chirishlar soni
132 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.1 MB
Ko'rishlar soni
852 marta
Ko'chirishlar soni
132 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx, docx