Frigiyalik faylasuf Ezop EZOP (Taxminan miloddan avvalgi 640-560 yillar) Frigiyalik donishmand Ezopning pesxonasiga taqdir qullik qismatini bitgan edi. Ezop ijodining eng gullagan damlari miloddan avvalgi 600 yillarga to'g'ri keladi. Tarixiy manbalarga ko'ra, Ezop 400 ga yaqin masal bitgan.Ezopning nomi birinchi marta Herodot (V asr) asarlarida yo'l-yo'lakay tilga olinadi. Herodot Ezopni yetarlicha mashhur bo'lgan tarixiy shaxs sifatida tasvirlaydi va quyidagi 4 sifatni keltiradi: 1. Ezop masalchi edi. 2. U Samos orolida yashagan va Iadmon ismli kishining quli bo'lgan. 3. Ezop taxminan miloddan avvalgi 560 yillargacha yashagan. 4. Uni qandaydir sababga ko'ra Delfada o'ldirishgan. «EZOPNING TIRIKLARGA VASIYATI» Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug'la. Keyin esa podshohni izzat qil. Chunki podshoh va Tangri hukmi tengdir. Ustozingni ota-onang qatorida hurmatla. Ota-onani senga tabiat ato etgan bo'lsa, ustozing seni o'z ixtiyori ila sevadi. Shuning uchun undan ikki karra minnatdor bo'lmog'ing joiz. Ertangi ishlar uchun salomatliging yaroqli va kuch-quvvating yetarli bo'lishini istasang, kundalik taoming sifatli va yetarli bo'lsin. Yoshing o'tib qolganda ilm olishdan uyalma. Zero, hechdan ko'ra kech ilm olmoqlik afzaldir. EZOP MASALLARI Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayot-ganda suv o'rniga ko'zyoshlardan foydalangan. Shu bois insonga kuch bilan ta'sir o'tkazishga urinish befoyda ekan. Insonni bo'ysundirish uchun imkon boricha uni yaxshi so'zlar bilan tinchlantirib, ko'nglini yumshatmoq va ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va mehribonlik tuyg'ulari uyg'onishi shubhasizdir. ZEVS VA ILON Zevs to'y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg'a qilib keltirishdi. Ilon ham gul tishlagan ko'yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko'rib shunday dedi: «Men boshqalarning sovg'asini qabul qilaman. Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman». ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.36 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx