Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi KARIMOVA SHIRINning 5-sinflarda O'tkir Hoshimovning hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan bir soatlik DARS ISHLANMASI O'tkir Hoshimovning hayoti va ijodi O'tkir Hoshimov o'ziga xos yozuvchi. U o'zi bilmagan mavzuni, mohiyatini anglamagan masalani qalamga olmaydi. O'z qahramonlarini xolisona tirik, hayotiy, jonli odam sifatida tasvirlaydi. ularni qanday inson ekanliklarini zohiriy emas, botiniy yoritadi. Ya'ni ruhiy olamini muhit, davr bilan uyg'unlikda katta falsafiy mushohada asosida teran tahlil qiladi. Insoniy iztiroblarni talqin qilish insonning barcha faoliyati: ruhiy holati, borliqqa va odamlarga bo'lgan munosabati, o'y-fikri, ichki kechinmalari, hatto muhabbatini talqin qilish demakdir. O'tkir Hoshimovning asarlari talqini Hayotni va odamlar olamini teran kuzatuvchisi, u haqida falsafiy mushohada yurituvchi, ardoqli hamda iste'dodli yozuvchi O'tkir Hoshimov bu holatni to'g'ri anglaydi. Uning asarlari deyarli iztiroblar asosida quriladi. O'tkir Hoshimovning asarlaridagi iztiroblar insonning ma'naviy dunyosini ochish uchun vositadir.Bu holatni deyarli har bir asarda ko'rish mumkin.Shundan ular ta'sirchan- kishini bir holatdan ikkinchi holatga soluvchidir. Talantli yozuvchi va jurnalist Talantli yozuvchi O'tkir Hoshimov 1941 yili Toshkentda ishchi oilasida tugildi. U o'rta maktabni bitirgach, 1959-1964 yillar Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakulteti jurnalistika bo'limida ta'lim oldi. o'tkir Hoshimov «Toshkent haqiqati», «Sovet O'zbekistoni», 1966 yildan «Toshkent oqshomi» ro'znomasi muharririyatida bo'lim mudiri, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda «Sharq yulduzi» oynomasining bosh muharriridir. O'tkir Hoshimov o'z ijodini she'r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi ocherklar to'plami 1962 yilda «Po'lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So'ngra «Cho'l havosi» (1963), «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi» ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
371 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
371 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx, docx