Erkin Vohidov Taniqli o'zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. To'qqiz yoshida otasidan, bir yildan so'ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog'asi Karimboy Sohiboev qo'lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O'zMU)ning o'zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali 'Yoshlik'ning asoschisi (1982). U I va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O'zbekiston Oliy majlisining qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi 'Tong nafasi' 1961 yilda chop etildi. Shundan so'ng uning 'Qo'shiqlarim sizga' (1962), 'Yurak va aql' (1963), 'Mening yulduzim' (1964), 'Nido' (1964), 'Lirika' (1965), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Yoshlik devoni'(1969), 'Charog'bon' (1970), 'Quyosh maskani' (1972), 'Tirik sayyoralar' (1978), 'Sharqiy qirg'oq' (1981), 'Kelajakka maktub' (1983), 'Muhabbat' (1984), 'Hozirgi yoshlar' (1986), 'Iztirob' (1991), 'Yaxshidir achchiq haqiqat' (1992) kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. 'Nido' (1964), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Charog'bon' (1970), 'Ruhlar isyoni' (1980), 'Ko'hinur' (1982) kabi dostonlar yozgan. 'Oltin devor', 'Istambul fojeasi', 'Ikkinchi tumor' kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin she'rlarini, Gyotening 'Faust', R. Hamzatovning 'Dog'istonim' asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. 199 yilda O'zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldi. Erkin Vohidov menga oq yo'l tilagan inson va ustoz sifatida azizdir.Uztozning oq yo'li bilan 1976 yilda o'sha davrning eng obro'li jurnali 'Guliston'da ilk she'riy turkumum bosilgan edi. Shoirning hayoti va ijtimoiy faoliyati ,,Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo'shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she'ring emas, o'zing kerakligini sezish - bu katta baxt. ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
Arxiv ichida: pptx