Alisher Navoiyning Hayrat ul-abror dostonida hukmdorlar obrazi Reja: Kirish I bob. Hayrat ul-abror dostonida adolatli hukmdor talqini 1.1. Hayrat ul-abrorda hukmdorga bo'lgan munosabatning badiiy ifodalanishi. 1.2. Shoh G'oziy Alisher Navoiy talqinida. 1.3. Sulton Badiuzzamon madhida adolat talqini (LX bob) II bob. Yuksak insoniy fazilatlar talqinida hukmdorlar obraziga murojaat 2.1 No'shiravoni odilning hayosi talqini 2.2 Vafo va sadoqat talqinida adolatli hukm 2.3 Ilm-u ma'rifatning shohlikdan ulug'ligi talqini 2.4 Iskandar va Bahrom haqidagi hikoyatlarda shohga xos fazilatlarning ulug'lanishi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 1.1. Hayrat ul-abrorda hukmdorga bo'lgan munosabatning badiiy ifodalanishi. Alisher Navoiyning Hayrat ul- abror dostonidagi uchinchi maqolatda ulug' shoirning hukmdor haqidagi qarashlari o'zining badiiy ifodasini topgan. Dostonning XXVI bobini tashkil etuvchi ushbu maqolat Salotin bobidakim, … adolatlari aynining chashmayi zuloli mulk bo'stonin serob qilg'ay, to bu bo'stondin amniyat va farog'at gullari ochilg'ay… tarzidagi sarlavha bilan boshlanadi. Ayonlashadiki, maqolatda so'z podshohlar va ularning nomlarini mangu bo'lib qolishiga daxldor bo'lguvchi adolatli siyosatlari xususida boradi. Adolat so'zi arab yozuvida ayn harfi bilan yoziladi. Mutafakkir shoir uning birinchi harfidan kelib chiqib, juda chiroyli tashbehni o'z o'rnida, maqolat sarlavhasidayoq qo'llaydi. Shoir fikricha, adolatning ayniga tegishli zilol chashma mamlakat bo'stonini serob qilsinki, toki uning shaffof suvlaridan amniyyat, ya'ni tinchlik va farog'at gullari ochilgay. Ko'rinadiki, shoir mamlakat boshqaruvchisiga nihoyatda katta umid bilan ko'z tikkanini sarlavhadayoq badiiy tasvirlaydi. Maqolat 107 baytdan tashkil topgan bo'lib, uning dastlabki 14 baytida Alisher Navoiy o'zining e'tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib, Allohning podshohga bergan inoyatlari xususida nihoyatda katta ehtiros bilan mulohazalarini badiiy tasvirlaydi. U quyidagi satrlar bilan boshlanadi: Ey falak avjidin o'tub rif'atin, Oy-u quyoshdin ...

Joylangan
10 Oct 2022 | 08:16:06
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:34
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
10 Oct 2022 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.41 MB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:34 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan